Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Oleg Tyulkin: «Chetlatish ta’sir qildi...»

Oleg Tyulkin: «Chetlatish ta’sir qildi...»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Bunyodkor» (0:2) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun murosasiz va kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylangan bo‘lsakda, barvaqt chetlatish o‘yinimizga salbiy ta’sir qildi. Butun taym davomida 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda og‘ir. Ayniqsa «Bunyodkor»dek jamoaga qarshi. Yigitlarga rahmat kurashishdi oxirigacha. «Bunyodkor»ni finalga chiqqani bilan tabriklayman. Muxlislarimizga yomg‘irga qaramay, o‘yin so‘nggigacha qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat deymiz.

- Jamoa mana 12 o‘yindirki g‘alaba tugul, gol ura olmayapti. Odatda bunday paytda murabbiy iste’foga chiqariladi…

- Buni klubimiz rahbariyati hal etadi. Agar, iste’fo jamoaga yordam beradigan bo‘lsa, foydasi bo‘lsa, men ketishga tayyorman.

- Hujum chizig‘i gol ura olmayapti. Farhod Tojiyev asosiy tarkibga tushiriladi, ammo natijasiz. Nahotki, bu borada sizda tanlov yo‘q?

- Farhod Tojiyev tajribali va kuchli futbolchi. Hozirda hujumda undan kuchli futbolchi yo‘q. Tojiyev kelganidan so‘ng gol urolmayotganimizga omad yetishmayotgani sabab bo‘lmoqda. Men buni boshqacha izohlay olmayman. Harakat qilayapti, ammo natija bo‘lmayapti.

- Amirjon Safarov qizil kartochka oldi. Intizom masalasida jamoada ish olib boriladimi?

- Bugun barcha katta ishtiyoq bilan to‘p surdi, o‘yinga kuchli tayyorgarlik ko‘rgan edi. Amirjon Safarov ham to‘p uchun kurashayotganda qo‘pol o‘ynadi. U ataylab raqibga jarohat yetkazish uchun bu harakatni amalga oshirmadi, to‘p uchun o‘ynamoqchi bo‘lgan edi. Intizom masalasida ham futbolchilar harakatini ko‘rib chiqamiz, albatta.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:25, 07.10.2017.
O'qildi: 2985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик