Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Gollar shou»sida «Surxon» mag‘lub bo‘ldi

«Gollar shou»sida «Surxon» mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun Respublikamizning bir qator shaharlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati birinchi liga jamoalari navbatdagi 31-tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi. Xususan Termizdagi "Alpomish" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Surxon" jamoasi Muborakning "Mash’al-2" jamoasi qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mehmonlar hisobni ochishdi. Ximoyachilarimizning xatosidan unumli foydalangan Muni Mirmuxsin uchrashuvda hisobni ochdi 0:1. Oradan xech qancha vaqt o‘tmasdan aniqrog‘i 9-daqiqada Rajabov Mirjalol yana bir bor himoyachilarimiz hatosidan unumli foydalanib hisobni 0:2 yetkazdi.

Chap qanot himoyasida xarakat qilgan legionerimiz Vladislav Pavlenko o‘sha pallada juda sust xarakat qildi. “Surxon” jamoasining chap qanot himoyachisi Akbar Murodov sariq kartochkalari soni 4 taga yetganligi sababli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi. Uning joyi bugun juda bilindi.

39-daqiqada hisob yana o‘zgardi. Najmiddin Normurodov bilan yakamma-yakka kurashda ustunlikka erishgan Shaxzod Ubaydullayev Akrom Xodjayev bilan birga - bir vaziyatdan unumli foydalanib xisobni 0:3 yetkazdi.

Oradan 1 daqiqa o‘tar - o‘tmas Nuriddin Hasanovga nisbatan "Mash’al" futbolchisi qo‘pollik ishlatdi va xakam 11-metrlik jarima zarbasi belgiladi. Jonibek Ko‘chimov penaltini aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi, 1:3. Birinchi taym ushbu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida xakam yana 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu safar Jonibek zarbani noaniq amalga oshirdi va hisob o‘zgarmay qoldi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida Shaxzod Ubaydullayev o‘zining dublini nishonladi. Bu safar u 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi, 1:4.

O‘yinning 77 va 86-daqiqalarida Sanjar Baratov ham dubl qayd etdi, 3:4 ga yetdi. Qarama qarshilikda juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘lganligi sababli uchrashuv xakami ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berdi, lekin, afsuski bu daqiqalarda mexbonlar xar qancha xarakat qilmasin hisobni tenglashtira olishmadi.

Dramatik tarzda kechgan uchrashuvda "Mash’al-2" futbolchilari g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari "Surxon" jamoasidan Sanjar Baratov, "Mash’al-2" tarkibida Shaxzodbek Ubaydullayevlar bo‘ldilar.

Birinchi liga 31-tur.

12.10.2017.

"Surxon" (Termiz) - "Mash’al -2" (Muborak) 3:4

Hakamlar: I. Xudaydatov (Toshkent), S. Ulfatov (Toshkent vil.), S. Nishonboyev (Toshkent)
Nazoratchi: G‘. Karimov (Toshkent)

Gollar: Yusupov Munimirmuxsin 6, Rajabov Mirjalol 9, Shaxzod Ubaydullayev 39, 58, Jonibek Ko‘chimov 41, Sanjar Baratov 77, 86.

"Surxon": 35. Akrom Xodjayev4. Mirjalol Kurbonov 5.Najmiddin Normurodov 6. Nuriddin Xasanov 7. Azizbek Usmonov 8. Farrux Xaydarov 9. Nizomjon Norov 17. Sanjar Baratov 19. Vladislav Pavlenko 21. Akmal Abduraxmonov 77. Jonibek Kuchimov

Zaxiradagilar: 1. Ruslan Matniyazov 18. Sardor Arabov 47. Islom Puladov 27. Ulugbek Mamanorov 22. Timur Mamadaliyev.

“Mash’al-2”: 40. Tuxtaboyev Dostonbek 5. Togayev Shaxzod 7. Yusupov Munimirmuxsin 8. Inoyatov Axrorjon 10. Ubaydullayev Shaxzodbek 16. Xolmurodov Xolmurod 20. Rustamov Sunnatilo 47. Rajabov Mirjalol 55. Toshpulatov Muxammad 70. Nazarov Yodgor 90. Abduraimov Shaxboz.

Zaxiradagilar: 1. Ziyavuddinov Shuxratbek 9. Akromov Zafarbek 17. Egamberdiyev Mirzoxid 24. Rizvonov Muxiddin 26. Farxadov Boburbek.

“Surxon” Matbuot kotibi, Elyor Uzakov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:21, 12.10.2017.
O'qildi: 4309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.