Bevosita Oliy liga uchrashuvlariga nazar tashlasak, raqib darvozasini ishg‘ol qilish barobarida sheriklarini samarali uzatma bilan ta’minlayotganlar ham bisyor.
Sezganingizdek, quyida «gol+pas» tizimi bo‘yicha faollik ko‘rsatayotganlar ro‘yxatiga nazar tashlaymiz.
Assistentlar jadvali bilan tanishishdan avval e’tiboringizni bugungi mavzuga taalluqli bir jihatga qaratsak.
MATBUOT XIZMATLARIGA MUROJAAT
Tan olaylik, milliy chempionatimiz bahslarini tomosha qilgach, asosan, g‘alaba qozongan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar va gol mualliflari e’tirof etiladi, xolos.
O‘zining ajoyib harakatlari evaziga sherigini qulay vaziyatga chiqarganlar esa ko‘pincha nazardan chetda qolishadi.
Bu adolat emas, albatta. Rosti, bizda barcha uchrashuvlardagi assistentlar nomiga aniqlik kiritish oson emas. Chunki klub rasmiy saytlarida bu haqda ma’lumot berilmaydi. Ayrim o‘yinlarning videolavhalarini topish yanada murakkab.
Albatta, bu borada maqtovga loyiq ish bajarayotgan matbuot kotiblari, klub xodimlari ham bor. Fursatdan foydalanib, ushbu jihatlar bo‘yicha ibratga loyiq ish yuritayotgan jamoalar vakillarini e’tirof etib, ularga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchimiz.
«Metallurg» FK rasmiy saytiga tashrif buyursangiz, klub ishtirokidagi o‘yin bo‘yicha yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin. Xususan, bekobodliklarning har bir uchrashuvi sharhi ham o‘zbek, ham rus tillarida to‘liq beriladi.
Qo‘shimchasiga, golga assistentlik qilganlar nomiga ham oydinlik kiritib olasiz. «Nasaf», «Mash’al», «Qo‘qon-1912» matbuot xizmati esa muntazam ravishda sifatli videolavhalar bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari, «Olmaliq» hamda «So‘g‘diyona» klublari matbuot kotiblari ham turli masalalar bo‘yicha ko‘makchiga aylanishadi.
Umid qilamizki, kelgusida qolgan jamoalar ham bu borada o‘zgarishlarga qo‘l urib, klublar rasmiy saytiga shunchaki uchrashuv qaydnomasini kiritish bilan cheklanib qolishmaydi.
Zero, yuqorida aytganimizdek, o‘yinda faqat gol urganlarni emas, balki ularni samarali uzatma bilan ta’minlaganlarni ham maqtash maqsadga muvofiq. Buning uchun, eng avvalo, o‘sha assistentlar nomiga oydinlik kiritib olish lozim.
GOL+PAS: CHERAN FAOLLASHDI
23ta turdan so‘ng «gol+pas» ro‘yxatida hamon Marat Bikmayev birinchi o‘rinda. Chempionat to‘purarlari poygasida ham peshqadamlikni hech kimga topshirmayotgan hujumchi 19ta goldan tashqari, uch marta assistentlik ham qilgan.
«Nasaf» legioneri Dragan Cheran esa bu borada ancha o‘sishga erishib, ikkinchi pog‘onadan joy egalladi. Serbiyalik forvard faollikni to‘xtatmasa, mavsum yakuniga qadar ushbu ro‘yxatda Bikmayevni ortda qoldirishi mumkin.
«Bunyodkor» yuragiga aylanib qolgan Doston Hamdamov esa kuchli uchlikka yakun yasab beradi. Iqtidorli vinger hisobida 12ta gol va 5ta «assist» bor.
«So‘g‘diyona» yetakchisi Sanjar Rashidov qayd etayotgan natijalar ham tahsinga sazovor. Qiyin vaziyatlarda jizzaxliklar joniga oro kiradigan yarim himoyachi hozircha to‘rtinchi bo‘lib turibdi.
Mazkur jadvalda gollaridan ko‘ra, samarali uzatmalari soni ko‘proq bo‘lgan Jaloliddin Masharipov ham joy egalladi. Bu futbolchi birinchi davra yakunlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda borayotgandi, biroq hozircha gol urish va assistentlik bobida unda pasayish kuzatilmoqda.
Bu galgi «gol+pas» ro‘yxatining kuchli o‘nligiga uch nafar yangi futbolchi qo‘shilganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Aksariyat uchrashuvlarni golsiz tark etmayotgan Zohid Abdullayev hamda yangilangan «Paxtakor»da o‘zini ancha erkin sezayotgan Igor Sergeev mos ravishda 6-7-pog‘onalarni band qilishdi. «Buxoro» to‘purari Ivan Nagayev 8, «Qo‘qon-1912» hujumchisi Filipp Rayevas esa 9-o‘rinda borishmoqda.
Shuningdek, yangilar safida «Qizilqum»ning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan ham bor. Bu futbolchi qaysi klubda o‘ynamasin, o‘z iste’dodini namoyish etish hisobiga jamoasi muvaffaqiyatlariga ulush qo‘shishi mumkinligini yana bir karra isbotladi.
E’tibor bersangiz, quyidagi beshlikdan o‘rin egallaganlar «gol+pas» bo‘yicha bir xil ko‘rsatkichga egalar. Demak, keyingi turlardan so‘ng ularning ayrimlari o‘zaro joy almashishsa, aslo ajablanmaymiz.
23-turdan so‘ng «gol-pas» bo‘yicha kuchli o‘nlik |
|||||
№ |
Futbolchi |
Klubi |
Gol+pas |
Gollar |
Paslar |
1 |
Marat Bikmayev |
Lokomotiv |
22 |
19 |
3 |
2 |
Dragan Cheran |
Nasaf |
17 |
13 |
4 |
3 |
Doston Hamdamov |
Bunyodkor |
17 |
12 |
5 |
4 |
Sanjar Rashidov |
So‘g‘diyona |
14 |
12 |
2 |
5 |
Jaloliddin Masharipov |
Lokomotiv |
13 |
5 |
8 |
6 |
Zohid Abdullayev |
Metallurg |
12 |
10 |
2 |
7 |
Igor Sergeev |
Paxtakor |
12 |
10 |
2 |
8 |
Ivan Nagayev |
Buxoro |
12 |
9 |
3 |
9 |
Filipp Rayevas |
Qo‘qon-1912 |
12 |
7 |
5 |
10 |
Artur Gevorkyan |
Qizilqum |
12 |
4 |
8 |
Quyida havola etiladigan ma’lumotlar ham e’tibordan chetda qolmasligi aniq.
Ularda mavsum finishiga 7ta tur qolgan bir pallada jamoalar va futbolchilar qayd etgan ko‘rsatkichlar, gollar, sariq va qizil kartochkalar bo‘yicha natijalar keltirib o‘tilgan.
23-turdan keyingi umumiy statistika |
|
Jami o‘yinlar |
184 |
Jami gollar |
465 |
Mezbonlar goli |
284 (61,08%) |
Mehmonlar goli |
181 (38,92%) |
Mezbonlar g‘alabasi |
93 (50,54%) |
Duranglar |
47 (25,54%) |
Mehmonlar g‘alabasi |
44 (23,91%) |
Bir o‘yinda urilgan gollarning o‘rtacha soni |
2,53 |
Sermahsul o‘yinlar (3tadan ko‘p gol) |
47 (25,54%) |
Golsiz o‘yinlar |
12 (6,52%) |
Jami tomoshabinlar |
827478 |
Bir o‘yinda o‘rtacha tomoshabin |
4497 |
Penaltilar |
60 |
Samarali penaltilar (foizi) |
42 (70%) |
Avtogollar |
12 |
Ogohlantirishlar (o‘rtacha) |
644 (3,5) |
Chetlatishlar (o‘rtacha) - «qizil»|2-«sariq» |
28 (0,15) - 10|18 |
O‘yinlarda qatnashgan futbolchilar soni |
395 |
BO‘LIMLARGA BO‘LSAK...
Har ikki bo‘limdagi natijalarga e’tibor qaratsak, tanaffusdan keyin jamoalarda jonlanish kuzatilayotgani ko‘zga tashlanadi.
Darhaqiqat, gollar, g‘alabalar hamda penaltilar bo‘yicha ikkinchi ustundagi ko‘rsatkich balandroq. Bunga quyidagi jadval orqali o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.
1-bo‘lim |
Ko‘rsatkich |
2-bo‘lim |
190 (40,86%) |
Jami gollar |
275 (59,14%) |
117 (61,58%) |
Mezbonlar goli |
167 (60,73%) |
73 (38,42%) |
Mehmonlar goli |
108 (39,27%) |
1,03 |
O‘rtacha gol |
1,49 |
67 (36,41%) |
Mezbonlar g‘alabasi |
79 (42,93%) |
77 (41,85%) |
Duranglar |
60 (32,61%) |
40 (21,74%) |
Mehmonlar g‘alabasi |
45 (24,46%) |
51 (27,72%) |
Sermahsul bo‘lim (1tadan ko‘p gol) |
77 (41,85%) |
64 (34,78%) |
Golsiz bo‘limlar |
35 (19,02%) |
21 (35%) |
Belgilangan penaltilar |
39 (65%) |
17 (40,48%) |
Samarali penaltilar |
25 (59,52%) |
80,95 % |
Penaltidan foydalanish foizi |
64,1 % |
OG‘IRROQ BO‘LING!
Hakamlar «himmat»iga sazovor bo‘layotganlar ro‘yxatida hamon «Navbahor» yetakchisi Oybek Qilichev peshqadam.
E’tiborlisi, u birinchi davrani 2ta sariq va 2ta qizil kartochka bilan yakunlagandi. Ko‘rinib turibdiki, tajribali futbolchi bu borada ijobiylikka erishgan.
Shuningdek, ikki marta chetlatilganlar safida «So‘g‘diyona» vakili Sardor Qulmatov ham bor. Farqi, uning hisobida «sariq»lar yo‘q.
«Buxoro» legioneri Vladimir Bayenko hamda «Paxtakor» himoyachisi Davron Hoshimov esa ogohlantirishlar bo‘yicha yaqqol yetakchilik qilishmoqda - 8tadan «sariq».
Futbolchi |
Klubi |
«Qizil» |
«Sariq» |
Jami* |
Oybek Qilichev |
Navbahor |
2 |
3 |
13 |
Fayzullo Qambarov |
Qizilqum |
1 |
6 |
11 |
Elyor Oripov |
So‘g‘diyona |
1 |
6 |
11 |
Sardor Qulmatov |
So‘g‘diyona |
2 |
0 |
10 |
Zafar To‘rayev |
Mash’al |
1 |
5 |
10 |
Kamoliddin Tojiyev |
Paxtakor |
1 |
5 |
10 |
Davronbek Umirov |
Bunyodkor |
1 |
4 |
9 |
Dilyor Ermatov |
Neftchi |
1 |
3 |
8 |
Igor Timanyuk |
Mash’al |
1 |
3 |
8 |
Iskandar Shoyqulov |
Mash’al |
1 |
3 |
8 |
Sanjar Rashidov |
So‘g‘diyona |
1 |
3 |
8 |
Shohruh Xolmatov |
Dinamo |
1 |
3 |
8 |
Ergash Ismoilov |
Buxoro |
1 |
3 |
8 |
Vladimir Bayenko |
Buxoro |
0 |
8 |
8 |
Davron Hoshimov |
Paxtakor |
0 |
8 |
8 |
* har bir «qizil»ga - 5+sariq kartochkalar.
SO‘NGGI DAQIQALARDAGI FAOLLIK
«Futbolchilar qaysi daqiqalarda ko‘proq gol urishyapti?» savoliga quyidagi surat orqali javob olishingiz mumkin.
E’tibor bersangiz, uchrashuvlarning so‘nggi qismida darvozalar ishg‘ol qilinishi ko‘proq kuzatilgan. Aftidan, bu pallada seziladigan charchoq alomatlari ayrim futbolchilarga asqotayotgandek.
Izoh: hakam tomonidan belgilangan qo‘shimcha vaqtda urilgan gollar 40-45 va 85-90-daqiqalarga qo‘shib ko‘rsatilgan.