Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Sabrning tagi oltin» yoxud Misr terma jamoasining 44 yoshli darvozaboni tarixi

«Sabrning tagi oltin» yoxud Misr terma jamoasining 44 yoshli darvozaboni tarixi

Baho:
+ | -

U kelasi yoz nihoyat, faoliyatida ilk marta jahon chempionati final bosqichida maydonga tushishi mumkin.

U uzoq kutilgan mundialga arziydi va to‘la haqli. U bunga tayyor ham. Gap Misr futboli afsonasi, zamonamizning eng yorqin faxriylaridan biri Essam al Hadari haqida ketyapti.

Misr milliy jamoasi bilan nihoyat, JCH final raundiga yo‘l ochgan kiperning tarixi uning chindan ham, bunday yirik musobaqada debyut qilishga munosibligidan dalolat.

***************

15 yoshli Essam yana ko‘rimsiz shortida 7 kilometr masofaga teng kross-ga shaylanmoqda - jonajon makoni Kafr Al Batixdan start olib, port shahar sanalgan Dumyatga bir nafasda yugurib borishi kerak. Chunki u yerda yarim soatdan keyin jamoasi mashg‘ulotlari boshlanadi.

Gap shundaki, Essamning otasi - Kamol o‘g‘liga yo‘lkira uchun pul bermasdi, boz ustiga, har oqshom unga nasihat o‘qishdan charchamasdi: «Futbol orqali oila tugul, o‘zingni ham boqolmaysan, yaxshisi, behuda urinma va haqiqiy biror ish etagini tut...».

Qattiqqo‘l ota yaqindagina bolakayning futbolkasini yoqib yuborgandi. Natijada Essam uydan yig‘lamsirab chiqib ketganicha bir necha kunga yo‘qoladi. Faqat «Dumyat» jamoasi yangi forma berganidan keyingina hovuridan tushib, oilasiga qaytadi.

***************

Hududdagi yagona professional klub skautlari Essamdagi iqtidorni vaqtida payqab, uni darhol o‘z panohlariga olishgan, to‘g‘rirog‘i, jamoa safiga taklif etishgandi. Shunday bo‘lsada, yigitchaning bazada yashashi uchun hech kim pul to‘lashni xayoliga keltirgan emas.

Xullas, Essam har kuni 7 kilometr masofani yugurib bosib o‘tishga majbur edi. Qolaversa, mashg‘ulotlardan bo‘sh kunlari qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan maktabga qatnardi.

Zero, otasi qat’iy talab qo‘ygandi - «Futbol mashg‘ulotlariga borishni istasang, maxsus ta’lim olishga ham vaqt ajratasan, ulgurasan, tamom. Aks holda, futbolingni yig‘ishtirasan!» Essam bunga rozi va har safar klub bazasiga yetib kelishi bilan biroz chagalyozdi mashqlarini bajaradi va qo‘lqoplarini kiyib, darvozadan joy oladi...

***************

Essam al Hadari shu tariqa bir necha yil yoshlar jamoasida muvaffaqiyatli o‘ynaydi, toblanadi, tajriba to‘playdi.

Natijada uni asosiy tarkibga qo‘shishadi. Yigitcha esa bir urinishda «Dumyat»ning o‘z tarixida ilk marta mamlakat elit divizioniga yo‘l olishida bosh rollardan birini bajaradi.

Keyinchalik Essam oldiga Misr futbolidagi eng kuchli klub - «Al-Ahli» vakillari kelishadi va istiqbolli kiperni Nil bo‘ylab yuqoriga, ya’ni Qohiraga olib ketishadi. Qahramonimiz aynan poytaxtda butun Afrikaning eng yaxshi darvozaboni darajasiga erishadi.

U «Al-Ahli»dagi 12 yillik faoliyati davomida 7 marta mamlakat chempioni bo‘ladi, shuningdek, milliy kubok va superkubokning 4 karra sohibiga aylanadi. Qolaversa, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medalini yutadi va Misr terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida gavdalanadi.

***************

O‘sha oqshom Qohirada joylashgan «Milliy» stadionida 10 minglab ko‘zlar Essamga umid bilan qarab turardi. Qolaversa, butun Misrda televizor orqali 100 minglab nigohlar aynan darvozabondan mo‘’jiza kutardi. Uning qarshisida esa «Chelsi» yulduzi - dahshatli Didye Drogba to‘pni xotirjam «nuqta»ga joylashtirardi.

Afsonaga aylanib ulgurgan ivuarlik hujumchining maqsadi o‘z-o‘zidan tushunarli edi - o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida zarbani aniq amalga oshirib, o‘z mamlakatiga Afrika millatlar kubogi-2006 chempionligini tortiq etish. Hammasi qil ustida, al Hadari esa Misrdagi bosh stadion tribunalari umidini oqlashi shart.

Chunki arena muxlislar bilan liq to‘lgan, boz ustiga, oxirgi 8 yil davomida biror finalda bunday manzara kuzatilgan emasdi. Hakam ruxsat bergach, Didye o‘ta kuchli zarba yo‘llaydi va Essam qandaydir mo‘’jizaviy harakat bilan to‘pni qaytaradi.

U yana bir necha daqiqalardan keyin Bakari Kone yo‘llagan zarbani ham bartaraf etadi. Natijada butun jamoa darvozabon tomon yuguradi, uning o‘zi bu vaqtda cho‘kkalab o‘tirgancha boshini muqaddas Makka tomon egib turardi. Essam ko‘p o‘tmay, jamoadoshlari qurshoviga tushadi, ke-yin Misr bayrog‘ini hilpiratgancha darvoza to‘sini ustiga chiqib oladi.

U millat qahramoni bo‘lgandi. «Fir’avnlar» shu bilan Afrika futbolida 6 yil hukmronlik qilishadi, al Hadari esa yana 2 marta o‘z jamoasini Afrika chempionati finaliga yetaklab, sardor sifatida bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘taradi. Keyin uni turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olishadi.

***************

Afrika millatlar kubogi-2017 finalidan so‘ng Essam al Hadari mikst-hududda jurnalistlar qurshovida qoldi, ammo xotirjam holda qo‘lidagi olmani tishlab, yengil kulishga kuch topdi.

Bundan yarim soatcha oldin uning jamoasi Kamerun termasi oldida ojiz qolgandi (aytish joiz, «bo‘ysinmas sherlar» Rossiya mundiali saralash bosqichida katta omadsizlikka yo‘liqishdi). Aytish mumkinki, bu mag‘lubiyat 44 yoshli al Hadariga juda og‘ir botmagan bo‘lsa kerak.

Chunki u bungacha qit’a birinchiligida bir necha marta g‘alaba nashidasini surgandi va asosiy maqsadi jahon chempionatiga chiqish ekanligini ham yashirmayotgandi. Axir faxriy kiper 22 yillik faoliyati davomida biror marta bunday baxtga musharraf bo‘lmagan.

Umuman, Essam mamlakat milliy jamoasini Afrika chempioni maqomini qayta-qayta olishiga katta hissa qo‘shgan davrda umume’tirof va cheksiz muhabbatni his etgan, shuning barobarida «Al-Ahli» bilan shartnomasi bo‘la turib, klubdan ketgan vaqtda millat nafrati qandayligini ham amalda ko‘rgandi.

Aytgancha, kiper o‘z kuchini Yevropada sinab ko‘rish maqsadida «Al-Ahli»ni FIFA qoidalariga asosan tark etgan va Shveysariyaning «Syon» klubi a’zosiga aylangandi. Tan olingan kiper vataniga qaytgach, matbuotda «tonna-tonna» bo‘lmag‘ur safsatalarni o‘qidi, terma jamoadan chetda qoldi, unga xuddi xoindek munosabatda bo‘lishdi.

Muhimi, Essam sabr bilan ishlab, yana yuqoriga ko‘tarildi. Alohida ta’kidlash joiz, u aslida AMK-2017ga zaxira darvozaboni sifatida borgandi va asosiy kiperning jarohatlanishi natijasidagina finalda maydonga tushib, turnir tarixidagi eng yoshi katta futbolchi maqomini oldi.

Umuman, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:57, 23.10.2017.
O'qildi: 3275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.