Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Loran Koselni Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini JCH—2018 musobaqasani o‘tkazdan so‘ng yakunlashini aytib o‘tdi.
“O‘ylaymanki, Fransiya termasidan ketish vaqti yetib keldi. Terma safida o‘ynash uchun menda olti oy vaqt qoldi. Shundan so‘ng o‘rnimni yoshlarga bo‘shatishim kerak bo‘ladi. Jamoaga qo‘ldan kelgan barcha yordamimni berdim”, — deydi 32 yoshli Koselni.
Ma’lumot uchun, Koselni Fransiya termasida ilk marta 2011 yil debyutini o‘tkazgan bo‘lib, 49 uchrashuvda maydonga tushgan va bir golga mualliflik qilgan. Shuningdek, tajribali himoyachi Yevro-2012, JCH-2014 va Yevro-2016 musobaqalarida ishtirok etgan.