Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Nodirbek Abdusattorov Superbet Poland 2024 turnirida qancha ishlab topdi?

Nodirbek Abdusattorov Superbet Poland 2024 turnirida qancha ishlab topdi?

Baho:
+ | -

Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

Superbet Poland 2024 turnirining sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etdi.  Hozirgi kunda dunyoning birinchi shaxmatchisi bo‘lib turgan Magnus Karlsen musobaqada g‘alaba qozondi. Magnus rapid hamda blis bahslaridan so‘ng 26 ochko to‘plab, musobaqa g‘olibligi hamda 40 ming dollarga ega chiqdi.



Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashgan musobaqada Nodirbek Abdusattorov ham yaxshi ishtirok etdi. Rapid bahslarini o‘zbekistonlik shaxmatchi 8 ochko bilan 7-o‘rinda yakunladi.

18 turdan iborat blis bahslari ham qiziqarli va o‘ta kurashlarga boy o‘tdi. Nodirbek Abdusattorov blis bahslarida 9.5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, o‘zbekistonlik shaxmatchi blis bahslarining birinchisida Magnus Karlsendan ustun keldi. Norvegiya vakili ikkinchi bahsda Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi.

Shu tariqa Nodirbek Abdusattorov musobaqani 17.5 ochko to‘plab 6-o‘rinda yakunladi. Shu bilan birga O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi 11 ming AQSH dollari pul mukofotiga ham ega chiqdi.



Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov Shvesiyaning Malmyo shahrida bo‘lib o‘tgan Tepe Sigeman 2024 turnirida g‘olib bo‘lgan edi.

Grandchesstour ma’lumot berishicha, Nodirbek Abdusattorov Ruminiyaning Buxarest shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan Superbet Romania 2024 bahslarida ishtirok etish uchun taklif qilingan. Musobaqa 25 iyundan 6 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:32, 13.05.2024.
O'qildi: 4674 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик