Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Vadim Abramov: «Futbol gohida adolatsiz…»

Vadim Abramov: «Futbol gohida adolatsiz…»

Baho:
+ | -

Dinamo» - «Neftchi» (1:0) uchrashuvidan keyin farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin borasida o‘rtoqlashdi.

- Vadim Karlenovich, avvalo o‘yin borasida to‘xtalsangiz…

- So‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatga uchradik. Futbol shunaqa adolatsiz - gohida yaxshi o‘ynab ham mag‘lub bo‘lasan. Birinchi bo‘limda raqiblarimiz, ikkinchi bo‘limda esa biz yaxshiroq o‘yin namoyish etdik deb o‘ylayman. Ammo, qo‘shib berilgan so‘nggi soniyalarda standartdan gol o‘tkazib yubordik. «Dinamo» ikkinchi bo‘limdagi yagona vaziyatini golga aylantirdi, biz esa yo‘q.

- «Neftchi» tarkibiga nazar solarkanmiz, asosiy tarkibda yoshlar, zaxirada esa Mansur Saidov, Ibrohim Rahimov, Jasur Hasanov singari nomdor futbolchilar qolishdi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Futbolda kim o‘yinga nisbatan yaxshiroq tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Tajribali futbolchilarimiz ham ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi. Mansur Saidov ham zaxiradan maydonga tushib, katta yordam berishi mumkin edi. Ammo, o‘yinning borishiga qarab u zaxirada qoldi. Yosh futbolchilar ham yomon o‘yin namoyish etishmadi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Asosiy hujumchi Muydin Mamazulunovning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

- Muydin jarohati bois bizga yordam bera olmadi.

- «Neftchi» o‘yinning boshidan qandaydir motivatsiyasiz to‘p surgandek ko‘rindi. Bu O‘FF chiqargan qaror bilan bog‘liqmi?

- Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. Oldin ham aytgandim, qaror futbolchilarga ta’sir etishi mumkin deb, ammo bugungi bahsda bu futbolchilarga ta’sir qilgani yo‘q. Futbolchilar har qanday holatda ham maydonga chiqib o‘z ishlarini qilishlari lozim. Ikkinchi bo‘limda jamoam ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdim, futbolchilar yaxshi harakat qilishdi.

- «Neftchi» Oliy Liga bilan xayrlashdi. Yakunda O‘FF o‘z qarorini o‘zgartirish borasida sizda qandaydir umid bormi?

- Fol ochishni yoqtirmayman, qarorni o‘zgartiradimi yoki yo‘qmi biz baribir o‘shanga amal qilamizku. Men bu borada gapiramanmi yoki yo‘q fikrim bilan nimanidir o‘zgartira olmayman. Biz nimanidir o‘zgartira olamaymiz, chunki qarorni biz qabul qilmaymiz. Mening fikrimni bilasiz, bu borada pozisiyamni bildirganman. Man barchasiga roziman, faqat aytishsin, aynan qanday kriteriyalar asosida 12 ta jamoani tanlab olishadi? Shuni bilmoqchimiz.

- Co‘nggi savol. «Dinamo» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etganida debyut o‘yiningiz edi. O‘shandan buyon sizga ikki jamoa o‘rtasida qanday farqlar sezildi?

- «Dinamo» haqida sizdan so‘rashni istardim? «Neftchi» haqida gapiradigan bo‘lsam, ko‘rdingiz tarkibimizda iqtidorli yoshlar juda ko‘p. Umid qilamanki, aynan ular «Neftchi» uchun yaxshi poydevorga aylanishadi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 12:13, 09.11.2017.
O'qildi: 3331 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.