Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Oliy liga. «Bunyodkor» safarda beshta gol urdi

Oliy liga. «Bunyodkor» safarda beshta gol urdi

Baho:
+ | -

Mazkur uchrashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emasdi. Shu bois o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘ldi. Jamoalar ham shuni yaxshi anglagan holda bahsning birinchi daqiqalaridan oldinga tashlanishdi.

5-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Mirjamol Qosimov himoyachilar xatosidan unumli foydalanib darvozamizni ishg‘ol etdi.

14-daqiqada burchak zarbasidan keyin hisob tenglashdi. Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan keyin Suhrob Berdiyev mehmonlar rarvozasini aniq nishonga oldi.

23-daqiqada Murod Zuxurov ajoyib seyv namoyish etgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib endi mehmonlar futbolchisi tepgan to‘p darvozamiz ustuniga tegib qaytdi.

43-daqiqada hisobni o‘zgartirishimiz mumkin edi. Suhrob Berdiyev darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarda har ikki jamoada darvozani ishg‘ol etish uchun bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo ushbu vaziyatlardan foydalana olishmadi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim futbolchilarimiz uchun omadsiz boshlandi. 47-daqiqda Dilshod Ahmadaliyev kuchli va aniq zarbasini bilan darvozamizni nishonga oldi. 59-daqiqada mehmonlar hisobni yana bittaga oshirshdi. Bu safar to‘p kiritish Anvar G‘ofurovga nasib etdi.

67-daqiqada hisobni qisqartirishga yaqin keldik. Murod Xolmuhammedovning burchakdan tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. 69-daqiqada o‘tib boratgan pallada Otabek Shukurov boshi bilan darvozamizga jamoasining to‘rtinchi golini kiritdi.

73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shoxrux Gadoyev "Bunyodkor"ning beshinchi goliga mualliflik qildi.

85-daqiqada Javohir Sidiqov jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda ijro etib, hisobni biroz qisqartirdi.

Shu tariqa jamoamiz navbatdagi uchrashuvda mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Oliy liga, 28-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” – 2:5 (1:1)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), I. Gormashov (Toshkent).

Gollar: Suhrob Berdiyev – 14, Javohir Sidiqov – 85. - Mirjamol Qosimov – 5, Dilshod Ahmadaliyev – 47, Anvar G‘ofurov – 59, Otabek Shukurov – 69, Shoxrux Gadoyev – 73.

“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov (96. Muhammadanas Hasanov-64), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (4. Bahodir Akramov-65), 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas.

“Bunyodkor”: 25. Murod Zuxurov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akram Komilov, 6. Anvar G‘ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzod Nurmatov (14. Vohid Shodiyev-75), 17. Doston Hamdamov (15. Farrux Ikromov-80), 21. Dilshod Ahmadaliyev, 29. Otabek Shukurov, 30. Xurshid G‘iyosov (22. Shoxrux Gadoyev-60), 44. Mirjamol Qosimov.

"Qo‘qon-1912" Matbuot xizmati.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 16:51, 09.11.2017.
O'qildi: 3883 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.