Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Gennadiy Kochnev: «Bugun ishongan o‘yinchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi»

Gennadiy Kochnev: «Bugun ishongan o‘yinchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Sho‘rtan” (3:0) uchrashuvi yakuniga yetgach, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Sho‘rtan” jamoasining ustozi Gennadiy Kochnev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Bugungi uchrashuvda tezkor kiritilgan gol rejalarimizni barbod qildi. Shunday bo‘lsada, birinchi bo‘limda gol urishimiz uchun ham ajoyib vaziyat bo‘ldi, ammo bugun omad biz tomonda emas edi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinchi almashtirganimiz ham foyda bermadi. Uchrashuvda biz tayangan yetakchi o‘yinchilarimiz ham afsuski bugun kutganimizdek o‘yin ko‘rsata olishmadi. Bugungi mag‘lubiyatimizga sabablar shu bo‘ldi. Endi albatta “Nasaf”dek jamoaga maydonida qarshi o‘ynash ham oson emas.

Ikkinchi davradagi ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsata olmayotganimizga asosiy sabab, seleksiya ishlarimiz yaxshi bo‘lmadi. Umuman men jamoani qabul qilib olganimda ikkinchi davra uchun olinadigan o‘yinchilar olib bo‘lingan edi.

O‘zingizga ma’lum, FIFAning bizga nisbatan chiqargan qarori o‘yinchilarimizni sarosimaga solib qo‘ydi. O‘yinchilarimizning kayfiyati umuman tushib ketdi. Bunday kayfiyatdagi futbolchilar bilan ishlash oson emas. Shunday bo‘lsada, ikkinchi davrada bir necha o‘yinlarimiz ko‘ngildagidek bo‘ldi, buning uchun yigitlar diqqatini jamlay olishdi.

Endi rejalarimiz qanday? Albatta buni vaqt ko‘rsatadi. Biz uchun O‘FFning keyingi qarori ham katta zarba bo‘ldi. Umuman kelgusida nima bo‘ladi, bu haqda hech narsa deya olmayman.

Bilishimcha, O‘FF bundan buyon lisenziyalash bo‘yicha talablarni ham kuchaytirmoqda. Bu albatta yaxshi. Aslida “Sho‘rtan” klubidagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar OFKning talab darajasida, ya’ni risoladagidek. Afsuski, bunday sharoitlarga ega bo‘lgan “Sho‘rtan”, endi quyi ligada o‘ynashga majbur. Umuman Qashqadaryoda futbolga bo‘lgan e’tibor havas qilgudek. Bu yerda rahbarlar futbolga borini berishgan. Bu viloyatdagi klublarda yaratilgan infratuzilmani boshqa viloyatlarga o‘rnak qilib ko‘rsatsa arziydi", - dedi "Sho‘rtan" bosh murabbiyi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:13, 09.11.2017.
O'qildi: 2478 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик