Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ilhom Mo‘minjonov: «Vazifani a’lo darajada bajarib, ishqibozlarini xursand qildik»

Ilhom Mo‘minjonov: «Vazifani a’lo darajada bajarib, ishqibozlarini xursand qildik»

Baho:
+ | -

"Navbahor" – “Sug‘diyona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi:

"Futbol - bu sport. Sport - bu natija. "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinda biz kerakli natijaga erishdik. Buning uchun yigitlarga raxmat aytaman. Shogirdlarim o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajarib, ishqibozlarimizni xursand qilishdi.

Kerakli ochkolarni qo‘lga kiritshda davom etamiz. Mazkur uchrashuvdan so‘ng 12 kunlik tanaffus yuzaga keladi. Biz bundan unumli foydalangan xolda "Olmaliq" va "Nasaf" jamoalariga qarshi tayyorgarlik olib boramiz.

Avvalgi matbuot anjumanlarida ham ta’kidlaganman, biz har bir uchrashuvda bor kuchimiz bilan maydonda harakat qilamiz. "Olmaliq"da iqtidorli murabbiy Viktor Kumikov ish olib bormoqda.

Ularning har bir chizig‘ida yaxshi o‘yinchilar mavjud. Ushbu jamoa ham o‘z uyida kuchli futbol namoyish qiladi. Safar bellashuvida ham ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.

O‘rinbosarlar tarkibidan asosiy tarkibga hozirgi kunda Toshmirzayev, G‘ulomov, Yunusov va Abduvohidovlar qo‘shilishdi. Ularga katta futbolga qadam qo‘yishga ko‘maklashmoqdamiz.

Hozirgi kunda yoshlar tarkibida yosh o‘yinchilar maydonga tushishmoqda. Umid qilamanki, kelgusida Turg‘unboyev va O‘runov singari iqtidor egalari yetishib chiqadi.

Asosiy jamoaga ham o‘rinbosarlar safida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilarni jalb qilamiz", - dedi Mo‘minjonov.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:05, 11.11.2017.
O'qildi: 2698 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик