Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami?

Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. «Ham», deya urg‘u berib gapirishimizga sabab shundaki, yaqinda o‘smirlarimiz qit’a birinchiligidan mahrum bo‘lishgandi.

Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami? Oxirgi ikki saralashdagi natijaga asoslanib aytadigan bo‘lsak, ha. Ammo bu inqirozning kattalar, ya’ni professional futbolga ta’siri juda kuchlimi?

Bu haqda endi istagancha bahslashish mumkin. Chunki yoshlarning mag‘lubiyati butun boshli o‘zbek futbolini ortga tortsa, u holda, o‘smirlar Osiyo chempioni bo‘lib, yoshlar jahon chempionati chorak finaliga chiqqanda futbolimiz birdan rivojlanib ketishi kerak edi.

Ammo o‘shanda hech qanday yuksalish kuzatilmadi, shunday ekan, hozirgi mag‘lubiyatlardan fojia yasash yaramaydi.

MUNOSABAT

O‘zbekiston yoshlar termasi Tojikistonda bo‘lib o‘tgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng ko‘p munosabat bildirildi. Ularning aksariyati tanqidiy ruhda ekanini tushunish qiyinmas. Oramizda ayyuhannos solganlar ham bo‘ldi.

Ammo hamma emas. Masalan, Osiyo chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmaganidan fojia yasamaganlar topildi. Shaxsan o‘zimga tajribali jurnalist va mutasaddi Alisher Nikimbayev tomonidan bildirilgan fikr juda yoqdi.

U «Tvitter»dagi sahifasida shunday qayd qoldirdi: «O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi oxirgi marta Osiyo chempionati saralashidan o‘ta olmaganida, uning tarkibida quyidagi futbolchilar bor edi - Odil Ahmedov, Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Lutfulla To‘rayev, Kamoliddin Murzoyev, Bahodir Pardayev va Bahodir Nasimov...»

Menimcha, Alisher akaning gapiga qo‘shimcha qilishning zarurati yo‘q.

Juda kerak bo‘lsa, qo‘shimcha tariqasida Temur Kapadze, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov va Vitaliy Denisov kabilarning ham yoshlar futbolida arzirli natijaga erisha olmaganini qistirib o‘tish mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida barqaror o‘yin namoyish etgan futbolchilarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsangiz, ular orasida yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etganlarni ko‘p topa olmaysiz. Sizga yana qanday isbot kerak?

YO‘QOTISHLAR

Aksincha, yoshligidan nazarga tushib, shuhrat qozongan o‘yinchilarni juda tez yo‘qotganimizga ko‘p guvoh bo‘lganmiz.

Modomiki, aniq nomlar keltirayotgan ekanmiz, keling, ular kim ekanini yana bir bor yodga olib o‘tsak - Abbos Maxstaliyev, Temur Hakimov, Bobur Davlatov, Sardor Rahmonov, Sardor Sobirxo‘jayev... Bu siz eslay oladigan nomlar.

Yodingizga tushmaydiganlari ham anchagina. 2011 yilning yozida Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng mashhurlik otiga minganlar anchagina edi - Asiljon Mansurov, Azizbek Murotov, Davlatbek Yorbekov, Xolmurod Xolmurodov.

Esladingizmi? O‘sha jahon chempionatidan so‘ng ularning har biri «Spark» mashinasiga ega chiqqandi. Hali haydovchilik guvohnomasini olmagan bolalarga «moyi artilmagan» ulovlar topshirilgan. Ammo qani ular hozir?

Ming afsuski, biz bu iqtidorlardan o‘zbek futboli kelajagi bo‘lishlarini kutgandik. Ammo ularning aksariyati hatto oliy liga darajasiga ham chiqa olmadi. Chiqqanlari esa shunchaki o‘rtamiyona futbolchiga aylangan.

Jamshid Iskanderov yangi «Jeparov» bo‘lishi kerak edi. Ammo «Paxtakor»da ham zaxirada qolgan o‘yinlarini ko‘ryapmiz.

Bir vaqtlari Jeparov yaxshimi yoki yomon, ishqilib, Mirjalol Qosimovga o‘rinbosar bo‘la olgandi. Ammo Jeparovga izdosh futbolchi yaqin orada ko‘zga tashlanmayapti.

Yoki Igor Sergeevni olaylik. Kutganimiz bo‘yicha u kamida Igor Shkvirin darajasiga chiqishi taxmin qilingandi. Biroq Sergeevning Shkvirin bilan faqat bir mushtarak jihati bor ekan - ismi.

Agar ikkisi ham Igor bo‘lmaganda, boshqa o‘xshash jihatlarni qidirishga hojat qolmasdi. Shkvirin o‘z vaqtida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan bo‘lsa, Sergeev antirekordlarga o‘ralashib qoldi.

SABAB

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:42, 19.11.2017.
O'qildi: 2616 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.