Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Qur’a natijasi yoqdimi?

Qur’a natijasi yoqdimi?

Baho:
+ | -

Qur’a hukmiga ko‘ra, JCH-2018 mezboni - Rossiya termasi «A» guruhida Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay jamoalari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Xo‘sh, birinchi kvartet vakillari qur’a natijasini qanday qabul qilishdi?

Stanislav Cherchesov (Rossiya termasi bosh murabbiyi): - Qur’a natijalari xususida hozirdan aniq fikr bildirishim qiyin. «A» guruhiga qanday jamoalar tushgani hammaga ma’lum. Ochig‘i, bo‘lajak raqiblardan birortasini to‘liq bilmayman. Chunki ular bilan kuch sinashib ko‘rmaganmiz, o‘yinlarini alohida kuzatgan ham emasman. Bilganim - Misr termasida Saloh bor. Uni «Liverpul» - «Spartak» o‘yinida kuzatmoqchiman. Urugvay termasi esa Kavani hamda Suares kabi hujumchilarga ega. Biroq bu shaxsan men uchun nomlar, xolos. Hozir turli taxminlarni bildirish mumkin, ammo hammasini  maydonda kuramiz. Guruh taqvimiga qarasak, borgan sari kuchliroq raqiblarga duch kelamiz. Bu o‘ziga xos bonus. Lekin qaytaraman,  barchasi maydonda qanday harakatlanishga bog‘liq, baribir.

- Qiziq, qur’a arafasidagi hissiyotlaringiz yakunda o‘zgardimi?

- Yo‘q, aslo o‘zgarmadi.

- Guruhga Urugvay termasi tushgach, beixtiyor kulib qo‘ydingiz...

- Bilasizmi, urugvayliklar biz bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashishni xohlashganida, ko‘nmagandik. Mana, taqdir ekan, ular o‘z maqsadlariga erishadigan bo‘lishdi (kuladi).

- Umuman, qaysi jamoani «A» guruhida ko‘rishni istamagandingiz?

- Avval ham aytganman, ispanlar bilan guruhdosh bo‘lishni xohlamagandim.

- Endi mundialgacha qaysi jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi?

- So‘nggi sinov o‘yinini qanday raqibga qarshi o‘tkazish haqida rosa bosh qotirdik. Rejaga muvofiq, mart oyida Braziliya termasi va Yevropaning top-jamoalaridan biri bilan kuch sinashamiz. Avstriya yig‘ini doirasida esa shu mamlakat milliy jamoasiga qarshi o‘yin tashkil etiladi.

- Muhammad Saloh Rossiya termasi darvozasiga gol ura oladimi (xorijlik jurnalistning ingliz tilida bergan savoli)?

 - No.

Vitaliy Mutko (Rossiya futbol ittifoqi prezidenti): - Muhimi, barcha shaharlardagi muxlislar dunyoning eng sara futbolchilari o‘yinlaridan bahra olish imkoniyatiga egalar. Mana, misol uchun, Kaliningraddagi uchrashuv (Belgiya - Angliya) afishasiga qarang...

- Rossiya terma jamoasi guruhiga qanday baho berasiz?

- Kvartetda qanday natijalar qayd etilishini taxmin qilish qiyin. Zero, u deyarli teng imkoniyatga ega jamoalardan shakllandi. Urugvay - jahon futboli saralari safidan joy olgan jiddiy jamoa. Misr termasi esa Salohdek yulduzga ega. Faqat saudiyaliklar haqida juda oz bilamiz. Umuman, guruh risoladagidek. Demak, hammasi o‘zimizga bog‘liq.

- Saloh haqida nima deya olasiz (misrlik jurnalistning ingliz tilida bergan savoli)? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:32, 07.12.2017.
O'qildi: 5915 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.