Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yaqindagina bu ko‘rimsiz yigitcha Senegalning ovloq xarobalarida to‘p tepib yurgandi

Yaqindagina bu ko‘rimsiz yigitcha Senegalning ovloq xarobalarida to‘p tepib yurgandi

Baho:
+ | -

Yaqindagina bu ko‘rimsiz yigitcha Senegalning ovloq xarobalarida to‘p tepib yurgandi.

Endi esa APLdek dunyoning eng sara ligasida barchaning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Bombardir.ru «Liverpul»da porlayotgan Sadio Mane haqida so‘z yuritadi.

Skaut kelmasa, kim payqaydi?

«Doimo yaqinlaringga g‘amxo‘rlik qil va atrofingdagilarga yordam ber. Shuni unutmaginki, yaxshilik, albatta, qaytadi!» - Sadio Manening otasi navbatdagi o‘gitini shunday yakunlagandi. Senegalning eng chekka hududida joylashgan Bambali shahridagi masjid imomi farzandi tarbiyasiga katta ahamiyat berardi. Sadio esa bolaligida anchayin o‘jar edi. Bu xususiyati ilk marta otasi uni masjid xizmatiga tayyorlayotganida namoyon bo‘ldi: nomzod ma’lum darajada diniy bilimga ega bo‘lishdan tashqari, maktabda ham a’lo baholarga o‘qishi shart edi.

Diniy bilim borasida Sadio muammoga yo‘liqmadi. Maktabdagi mashg‘ulotlarni tez-tez o‘tkazib yurardi: «Dars paytida ko‘pincha futbol haqida o‘ylardim, ko‘zimga to‘pdan boshqa narsa ko‘rinmasdi.

Sabrim chidamay qolganida, ko‘chaga chiqib, bolalar bilan to‘p tepardim». 90-yillarda Bambali futbol uchun yetarli sharoitlarga ega emasdi. Chunki Senegal avvalgi Senegambiya ittifoqidan ajralib, iqtisodiy tanglikni bartaraf etish bilan ovora edi.

Muxolifat va hukumat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklar iqtisodiyotga qiron keltirayotgan paytda futbol haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi.

Shu bois, Mane duch kelgan yerda to‘p surishga majbur edi: «Qumloq yerlarda, dabdalasi chiqqan asfalt ustida, vayronalarda o‘ynardik. Men shunchaki, to‘p bilan ko‘proq muomala qilishni istardim».

Shunday murakkab sharoitda erishgan mahoratini keyinchalik bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda qo‘llay boshladi. Mane tengqurlaridan yaqqol ajralib turardi.

Shunda ham yaqinlari uning professional futbolchi darajasiga ko‘tarila olishiga ishonishmasdi. «Biz Dakardan 300 km. uzoqlikda yashaymiz. Bu yerlarga hanuzgacha biror-bir skautning qadami yetgan emas.

Shunday ekan, mahoratingni kim ham qadrlardi?» - Sadio tog‘asidan doimo shunday gaplarni eshitardi. Tez orada Mane o‘z qarindoshining qattiq yanglishganini isbotladi.

2010 yil u mamlakatning o‘ydim-chuqur yo‘llari orqali bir amallab mahalliy turnirlardan biriga yetib kelib, yirtiq-yamoq futbolka-yu, shalog‘i chiqqan butsada tup surishiga qaramay, hammaning e’tiboriga tushdi.

U yerdagi seleksionerlar esa o‘sha zahoti «Mes»dagi kasbdoshlariga qo‘ng‘iroq qilishdi. Shu tariqa Sadio ko‘rikdan o‘tish uchun Fransiyaga jo‘natildi. Oradan bir necha yil o‘tgan bo‘lsada, Bambali aholisi Manening yoshligini yaxshi eslaydi.

Ayniqsa, uning yuvinishga vaqt topolmay qolgan paytlarini - qahramonimiz shunday tirishqoqlik va ishtiyoq bilan shug‘ullanardiki, hatto cho‘milishga ham vaqtdan qizg‘onardi. «Hechqisi yo‘q, katta pul topganda yuvinib olarman», - derdi kulib.

U bilan ishlash rohat

«Mes»dagi dastlabki mashg‘ulotlar arafasida afrikalik legionerni beo‘xshov tashqi ko‘rinishi bois rosa kalaka qilishgandi. Lekin u ishga kirishishi hamono hamma jim bo‘lib qoldi.

Sadioning to‘p bilan muomalasini kuzatgan bosh murabbiy Dominik Bijota yana 1-2 mashg‘ulotdan keyin 18 yoshli yigitchani jamoaga qabul qildi. «Mes» akademiyasining dong‘i butun qit’aga yetgan.

U futbol olamiga Rober Pires, Miralem Pyanich, Emmanuel Adebayor, Lui Saa kabi bir qator yulduzlarni tortiq etgan. Mane ikkinchi diviziondagi yorqin o‘yinlari bilan ana shu shonli an’anani davom ettirishga kirishdi.

Biroq «Mes»­da uzoq to‘p surishning iloji bo‘lmadi - 2011|2012 yillar mavsumida jamoa omadsizlikka uchrab, 3-ligaga (o‘z tarixida ilk marta) tushib ketdi, Dominik Bijota ishsiz qoldi.

Fransiyaning sobiq koloniyalari bo‘lmish Senegal, Mali va boshqa davlatlardan kelgan yuzlab kasbdoshlari qatori Sadio ham quyi ligalar tutquniga aylanishi hech gap emasdi.

Ana shu nozik pallada Rojer Shmidt yosh iqtidor sohibining joniga oro kirdi - Maneni o‘zining «RB Zalsburg» klubiga taklif etdi. Boisi, Sadio murabbiyning hujumkor taktikasiga juda mos tushardi.

«Shmidtdan bir umrga qarzdorman. Chunki u faoliyatimni butunlay o‘zgartirib yubordi. Uning rahbarligida taktik mahoratimni maromiga yetkazib oldim», - deydi senegallik hujumkor yarim himoyachi.

«Zalsburg»ni u Avstriya chempioni va kubogi sohibi sifatida tark etib, «Sautgempton»ga yo‘l oldi.

«Avliyolar» tarkibida Lallana va Shou kabi tezkor ijrochilar yetarli bo‘lishiga qaramay, Mane ham ishsiz qolmadi - u bilan jamoaning oldingi chizig‘i yanada kuchaydi.

«Sadioning asosiy fazilatlaridan biri shuki, u har qanday murakkab masalani juda tez tushuna oladi. Bunday shogirdlar bilan ishlash - rohat, Mane - murabbiylar orzusi!», - degandi Ronald Kuman.

Gollandiyalik mutaxassis davrida senegallik futbolchi qayd etgan natija nafaqat APL, balki futbol tarixida ham tengsiz sanalardi. 2015 yil mayida Sadio «Aston Villa» darvozasini 3 marta ishg‘ol qilish uchun 2 daqiqa-yu 58 soniya sarfladi, xolos!

Hali ko‘p ishlashi kerak DAVOMI 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:15, 09.12.2017.
O'qildi: 7762 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.