Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari direktorlari va rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablarni bajarish yuzasidan fikr almashildi. Majlisni O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov ochib berdi va Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablar, kamchiliklar va bir qator muammolar haqida o‘z fkirini bildirdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zPFL Bosh direktori o‘rinbosari Mirsardor Alimov stadionlar bo‘yicha talablar bajarilishi qattiq nazoratga olingani ta’kidladi. “Yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari talablarga javob berishi uchun barcha kamchilikilar bajarilishi kerak. Endilikda, stadionlardagi sharoit va kamchiliklar uchun klub javob berishi ko‘zda tutilgan. Ayni damda, faqat sanoqli stadionlar OFK talablariga javob beradi. Ko‘pchilik stadionlarda vaziyat yaxshi emas. Stadionlarda yoritgichlar, tablo va chim borasida muammolar bor”, - deydi O‘zPFL Bosh direktori o‘rinbosari.

Stadionlar rahbarlari ham, bu borada yangi mavsumda barcha ishlar bajarilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi borasida ishlar ketayotganligini ta’kidlashdi. Yig‘ilishda, shuningdek, bir nechta boshqa muammolar ham muhokama qilindi. Stadionlar direktorlari chiptalar sotuvi borasida klub va stadion yangi tizimni ishga tushirishi, turniket va boshqa texnologiyalarni qo‘llash borasida fikr almashishdi.

Ushbu yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” stadionlariga tashrif buyurib, mazkur stadionlardagi infratuzilma va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Yig‘ilishdan so‘ng, Superliga klublari stadionlarini yangi mavsumda barcha talablarga mos kelishi uchun amalga oshiriladigan ishlari ko‘rib chiqilishi va bu borada klublar stadionlari rahbariyati Professional Futbol Ligasiga hisobot berishlari borasida kelishib olindi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:08, 25.12.2017.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик