Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Gabriel Batistutaning alamli tarixi

Gabriel Batistutaning alamli tarixi

Baho:
+ | -

Faoliyati davomida «Fiorentina» va «Roma» klublari hamda Argentina terma jamoasi oldingi chizig‘ida mo‘’jizaviy harakatlangan sobiq hujumchi shifokorlardan oyoqlarini kesib tashlashni iltimos qildi...

Vaholanki, u aynan shu sehrli oyoqlari tufayli «Batigol» laqabini olib, butun dunyoga tanilgandi. Ha, Argentina va italiyalik millionlab muxlislar mehrini qozongan Gabriel mahsuldorligi evaaziga futbol tarixidan joy  olgandi.

Deylik, u o‘tgan asrning 90-yillari Argentina termasi uchun 56ta gol urgan va mamlakat futbolida «Messidan avvalgi davr» rekordchisi sanalardi. Misol uchun, Batistuta JCH-98 doirasidagi o‘yinda atigi 11 daqiqa ichida «xet-trik» qayd etgan va «Chayf» guruhi bunga atab, «Argentina - Yamayka - 5:0» qo‘shig‘ini yaratgandi.

«Batigol» so‘nggi vaqtlarda oyoqqa ortiqcha og‘irlik tushmaydigan sport turlari - polo va golf bilan shug‘ullanayotgandi.

U yaqinda Ispaniyaning Marca nashriga intervyu berib, futbolchilik faoliyatidan keyin hayotida yuzaga kelgan katta muammolar xususida atroflicha to‘xtaldi.

Futbolni o‘yin emas, kasb o‘rnida ko‘rardi...

- Doimo futbolga kasb sifatida qaraganman va uning vositasida eng yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilish, kamolotga erishishni orzu qilganman.

Ya’ni o‘yindan o‘zgacha lazzat olgan emasman. Masalan, maktabda voleybol yoki basketbolni afzal ko‘rardim. Maydonda vazifamni ado etgach, futbolni shaxsiy hayotimga aralashtirishni sira istamasdim. Professional futbolchi hayotida quvonchli jihatlar juda oz. Ishoning, Ronaldu yoki Messi darajasiga chiqish ancha murakkab.

Xo‘sh, unda nega 17 yillik umrim (1988-2005 yillarda faoliyat yuritgan)ni futbolga bag‘ishladim? Faqat nafsoniyat tufayli. Qolaversa, futbol ichidagi muhit yoqardi: o‘yinlar taqdim etadigan ehtiros, jamoadoshlar bilan muloqot, beozor bolalik ruhiyati.

Hozir menga ayni shular yetishmayapti. Butsalarimni mixga ilganimdan keyingina futbolni chuqurroq anglay boshladim va unga nisbatan qiziqishim yanada oshdi.

Yurishning iloji qolmaganida...

- Futboldagi hayotdan butunlay alamzada bo‘lganimni aytolmayman. Lekin bir kuni hammasini to‘xtatish kerakligini tushundim: «Bo‘ldi, yetar». Futbolda bor kuchimni sarfladim, quvvatim tugadi, salomatligimni yo‘qotdim. Oxirgi uchrashuvdan keyin 2 kun o‘tgach, deyarli yurolmay qoldim.

To‘pig‘im, ayniqsa, o‘ng tomonining dabdalasi chiqqan, pay va mushaklarim ado bo‘lgandi. 86 kilogrammga teng vaznimni quruq suyaklar ko‘tarib turardi. Ularning bir-biriga qanday og‘riqli ishqalanishini tasavvurga sig‘dirish ham qiyin.

Deylik, necha-necha marta darddan tun bo‘yi mijja qoqmay chiqqanman. Og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishimga qaramay, hattoki, 3 metr naridagi hojatxonaga ham borolmay qolgandim. Naqadar azob...

O‘zi shifokordan oyoqlarini kesib tashlashni so‘ragan...

- Bir kuni og‘riq chidab bo‘lmas darajada kuchaygach, meni shifoxonaga olib borishdi. Shunda vrachga sabrim tugagani aytdim: «Agar darddan qutulishim aniq bo‘lsa, oyoqlarimni kesib tashlang, iltimos. Oskar Pistorius qismatidan xabardorman, u kabi protez yordamida harakatlanishga roziman».

Biroq shifokor iltimosimni inobatga olmay, harakatlanish qobiliyatini tiklashga ko‘mak beradigan jarrohlik muolajasi - artrodezni tavsiya etdi. Shu operasiyadan keyin asta-sekin oyoqqa tura boshladim. Hozir ham oyoqlarim ba’zan bezovta qiladi. Lekin golf yoki polo uchun kuch-quvvat topaman, baribir.

Shu o‘rinda, yosh futbolchilarga maslahat bermoqchiman: imkoni boricha tez-tez sport ruhshunoslari bilan uchrashib, kichik muammolarni ham vaqtida hal qilishga o‘rganing. Shunda salomatligingizni yo‘qotib, afsuslanmaysiz. Mening qismatim bunga 100 foiz dalil.

Rekordi Messi tomonidan yangilanganida... DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:02, 26.12.2017.
O'qildi: 6071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.