Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

OFK rasmiylari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

OFK rasmiylari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun Changjoudagi “Olympic Mingdu International” mehmonxonasida O‘zbekiston U-22 terma jamoasi hamda OFK rasmiylari va mahalliy tashkiliy qo‘mita ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda, dastlab mahalliy tashkiliy qo‘mita a’zolari nomidan musobaqa koordinatori so‘zga chiqdi va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini ushbu turnirdagi ishtiroki bilan qutladi va terma jamoaga turnirda omad tiladi. Shuningdek, musobaqa mezbonlari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Osiyo chempionati ishtirokchisi sertifikatini topshirishdi va uni yoshlar terma jamoasi sardori Zabihillo O‘rinboyev qabul qilib oldi.

Shundan so‘ng, Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiylari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va turnirga tegishli ayrim masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

Ta’kidlash lozim, turnir nazoratchi hakami yoshlar terma jamoasi vakillari bilan uchrashuv davomida, o‘yin qoidalari bo‘yicha, unga kiritilgan yangiliklar, feyr-pley kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot berdi. Turli roliklar orqali esa terma jamoa vakillari o‘yin qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, vaziyatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 23:31, 06.01.2018.
O'qildi: 4310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик