Italiya termasi JCH-2018 «pley-off» bosqichida shvedlarga imkoniyatni boy berib, mundialdan quruq qolgach, o‘zbek futboli muxlislarining yodiga o‘sha Bahraynga qarshi kechgan dramatik bahslar tushgan bo‘lsa, ajabmas.
Haqiqatan ham, jahon chempionati saralashining aynan shu qismi hamisha kutilmagan voqealarga boy tarzda o‘tishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortadi.
Quyida keltiriladigan ma’lumotlar ushbu fikrimizni isbotlashi mumkin. Keling, tarixga sayohatni O‘zbekiston hamda Bahrayn jamoalari o‘rtasidagi o‘sha omadsiz uchrashuvlardan boshlasak.
2006: «QOSH QO‘YAMAN DEB...»
Yodingizda bo‘lsa, JCH-2006 saralashining Osiyo qit’asida o‘tkazilgan bahslarida o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston hamda Bahrayn termalari o‘zaro hisob-kitob qilishgandi. Ushbu juftlik g‘olibi keyinchalik KONKAKAF vakili - Trinidad va Tobago jamoasiga qarshi to‘p surishi ko‘zda tutilgandi.
Dastlabki uchrashuvda vakillarimiz Mirjalol Qosimovning golidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi. Tanaffusga yaqin esa yaponiyalik hakam Toshimisu Yoshida bahraynliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Server Jeparov esa uni aniq amalga oshirdi. Biroq referi g‘alati qaror chiqardi: golni bekor qilib, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgiladi.
Vaholanki, zarba qaytadan yo‘llanganda adolatdan bo‘lardi. Ammo... O‘yin 1:0 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston termasi o‘sha hakamning bahsli qarori tufayli Bahraynga mag‘lubiyat yozilishini talab qildi. Eh, o‘sha arz yakunda bizga qimmatga tushishini avvalroq bilganimizda edi... FIFA talabimizni qanoatlantirdi: uchrashuv qaytadan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Bu safar Toshkentga kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Safarda esa vakillarimiz nursiz durang bilan cheklanishdi. Bu esa bahraynliklarning «pley-off» bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishganini bildirardi.
Shundan buyon mundial saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti. Orzumizdagi yo‘llanma qo‘lga kiritilishiga bir qadam qolganda, imkoniyat boy berilaveryapti. Umid qilamizki, 2022 yilgi JCH saralashida xatolardan to‘g‘ri xulosa yasab, vaziyatni o‘zimiz tomon og‘diramiz.
1934. CHETGA CHIQ, MEKSIKA!
Bunday voqealar bugungi kunda ro‘y bermasa kerak. Ammo sayyoramizning birinchi raqamli turniri endigina shakllanib borayotgan pallada, shunaqasi ham bo‘lgan ekan. Demak, bir zumga o‘zingizni meksikalik deb faraz qiling. Termangiz saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi (buning uchun Kubani mag‘lubiyatga uchratish kifoya, chunki boshqa da’vogarlar yo‘q edi).
JCHga mezbonlik qilgan Italiyaga ham deyarli yetib borgandi va kutilmaganda... so‘nggi pallada AQSH termasi musobaqada qatnashmoqchiligini bildirdi. Natijada FIFA qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilishi haqida qaror chiqardi.
Bu voqea mundial final bosqichi boshlanishiga uch kun qolganda, Rimda sodir bo‘lgandi. Yakunda amerikaliklar 4:2 hisobida zafar quchishdi. So‘nggi yillarda Meksika termasi AQSH jamoasini 7:2, 7:3, 6:0 kabi yirik hisoblarda taslim etib, o‘sha tarixiy voqea uchun o‘ch olayotgandek, go‘yo.
1950. YALANGOYOQ YURMANG!
Yugoslaviya (sobiq) hamda Fransiya ikki marta durang o‘ynashdi: Belgradda ham, Parijda ham 1:1 hisobi qayd etildi. U paytlari qo‘shimcha vaqt va penaltilar seriyasi belgilanmasdi. Natijada yana bir o‘yin o‘tkaziladigan bo‘ldi. Uchrashuv mezboni sifatida Rim tanlandi.
Bu yerda esa «overtaym»larsiz ish bitmadi: 2:2 ko‘rinishidagi durangdan so‘ng bolqonliklar hal qiluvchi golni urishdi. Qizig‘i, FIFA fransuzlarga ham yo‘llanma taklif qildi, ammo ular rad etishdi. Umuman, ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir pallada mundialdagi ishtirokdan voz kechish odatiy holga aylangandi.
JCH-50da jami 13ta terma qatnashdi. Aksariyat jamoalar moliyaviy tanglik tufayli shunday qarorga kelgan bo‘lsalar, Hindiston termasi futbolchilariga yalangoyoq to‘p surishni taqiqlashdi. E’tiborlisi, hindlar Olimpiada-48ni poyafzalsiz o‘tkazishgandi. Shundan so‘ng FIFA bunday «ekipirovka»ga taqiq qo‘ydi.
1954. KO‘ZI BOG‘LANGAN BOLA
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.