Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan kim qatnashadi?

Qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan kim qatnashadi?

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yana 17 kundan so‘ng Koreya Respublikasining Pyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari start oladi.

Unda sayyoramizning 90 davlatidan 6 500 dan ziyod sportchi va rasmiy shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.

2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Bular figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge va tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha mamlakat terma jamoasi yetakchisi Komiljon To‘xtayevlardir. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqalarga birinchi bo‘lib Misha Ge kirishadi. Misha 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, ertasiga, 17 fevral kuni erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Komiljon To‘xtayev 18 fevral kuni tog chang‘isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo‘yicha musobaqada qatnashadi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari Koreya Respublikasining Pyonchxan shahrida 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 19:57, 23.01.2018.
O'qildi: 4180 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.