Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Xavotirga qarshi ikki aniq zarba yoki 3-ni ham kutishga haqlimiz

Xavotirga qarshi ikki aniq zarba yoki 3-ni ham kutishga haqlimiz

Baho:
+1 | -

Yaponiya va Janubiy Koreya futboli Osiyoda avangard ekanligi bugun barchaga ayon. Hattoki, biz an’anaviy tarzda muxlislik qiladigan Rossiya futboli ham taraqqiyot bobida qit’adoshlarimizga havas qilishi aniq. Bu ikki yurt vakillarining jahon chempionati va Olimpiada saralash bahslarida doimiy ravishda yo‘llanma yutishlariga muxlislar allaqachon ko‘nikib ketishdi. Agar o‘rtada 4ta yo‘llanma bo‘lsa, 2tasi Yaponiya va Janubiy Koreya termalariga nasib etishi, bordiyu, 2ta chipta ajratilsa, har ikkisi shu jamoalarga tegishi 2x2Q4 kabi haqiqatga aylandi, go‘yo. Ayni shu tendensiya bois, bizdagi futbol ongiga «Ularni yengish imkonsiz. Tezlik masalasida yaponlarga ham, koreyslarga ham yetolmaymiz, baribir» qabilida xavotir tuyg‘usi mustahkam joylashib oldi.  Ahvol shu darajaga borib yetdiki, jahon chempionati so‘nggi saralash bosqichida vakillarimiz Yaponiya termasi bilan bir guruhga tushmasliklarini taqdir inoyati sifati baholaydigan, bayram qiladigan bo‘ldik. O‘ylaymizki, fikrlarimizni dalillar bilan isbotlashga ehtiyoj yo‘q.

Yuqoridagi mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkin: mamlakatimiz futbolida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning aniq belgilangan maqsadlaridan biri - ongdagi o‘sha xavotir tuyg‘usini yo‘qotish. Boshqacha aytganda, xoh klublar, xoh terma jamoalar miqyosida Yaponiya va Janubiy Koreya futbolidan ustunlikni ta’minlash. Bu borada Rossiya futboli an’analari va ta’siridan qutulish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki nainki o‘zbek, balki MDH futboli hamon sho‘ro mafkurasi asoratlaridan aziyat chekmoqda. Garchi taniqli murabbiy Valeriy Lobanovskiy sho‘ro futbolida islohotlarni amalga oshirishga intilgan bo‘lsada, uning urinishlari aytarli natija bermagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin zavq-shavq bilan barchani hayratlantirgan sho‘ro futboli 20-asrning 70-80-yillari shu darajada turg‘unlik botqog‘iga botdiki, hattoki, ulug‘ murabbiy mahorati ham uni eski qoliplardan qutqarolmadi. Mamlakatimiz futbol maktablarida ham hali-hanuz o‘sha qoliplar ta’siri yaqqol seziladi. Is’tedodlar taraqqiyotga harchand intilishmasin, ildiz-ildizi mustahkam qoliplar iskanjasidan yakka yoki alohida holatda xalos bo‘lish imkonsiz jarayondir. Hozirda futbol maktablari tayanchi sanalgan murabbiylar avlodi ham sho‘ro futboli an’analari ruhida shakllanishganki, bu kishini o‘yga toldiradi. Ta’kidlash joiz, umumiy holatdan rus futbolining yangi avlod murabbiylari ham tashvishlanishmoqda. Ularning ayrimlari Rossiya termasi JCH-2018 guruh bosqichidan chiqolmasligini baralla aytishmoqda va bu qarashlar asosli ekanligi Stanislav Cherchesov shogirdlari o‘yinlari misolida o‘z isbotini topdi necha bor. Murabbiy izlanmoqda, jamoa ishtiyoq bilan intilmoqda, ammo natija ko‘ngildagidek emas. Hammasi sabab - sho‘ro futbolidan meros qolgan eskicha yondashuv.

Yaponiya va Janubiy Koreya futbolining yutug‘i - sho‘ro futboli ta’siriga tushmagani. Afrika futbolining muvaffaqiyati esa - bu ta’sirdan tezda qutulgani. Mana, sal kechroq bo‘lsada, arab futboli ham shu yo‘lni tutdi. Deylik, Iroq futbolida hammasi yaqqol ko‘zga tashlandi. Endi yevrotalablarga muvofiq ishlashni boshlagan Vyetnam futboli ham dastlabki yutuqni qo‘lga kiritdi.

Muhtaram muxlis! Gapni uzoq aylantirganimiz uchun uzr. Asosiy muddao bayonidan avval ayni mulohazalarni aytish zarurati tug‘ildi. Bugun O‘FF rahbariyati yevrofutbolga integrasiya va undan oziqlanish, ta’sirlanish yo‘lidan borayotganini bosh sababi shu omillar bilan izohlanadi. Xullas, futbolimiz asta-sekin eski qoliplarni sindirib, taraqqiyot bobida yevrostantart mezonini tanlamoqda. Yaponiyalik yosh futbolchilar ustidan ketma-ket ikki marta qozonilgan g‘alaba shu islohotlar yo‘lidagi dastlabki kamtarona yutuqdir. O‘z o‘rnida, Yaponiya yoshlar termasi Tailand va Xitoyda vakillarimizga qarshi bir-biridan farqli ikki tarkib bilan to‘p surganini alohida ta’kidlashni istardik. Agar Yaponiya termasi tarkibi Tailand turniridagi kabi ko‘rinish olganida, balki masalaga bu taxlit chuqur yondashishga ehtiyoj qolmasdi. «Avval yengilgan tarkib yana mag‘lubiyatga uchradi», deya xotirjamlikka berilardi ko‘pchilik. Futbolimizdagi taraqqiyotning omadini qarangki, Yaponiya tomoni tarkibni yangiladi va vakillarimiz o‘zlaridan kichikroq futbolchilar bilan kuch sinashishdi. Yosh o‘rtasidagi farqdan qat’iy nazar, futbolimiz uchun ayni shu raqib ustidan qatorasiga ikkinchi marta g‘alaba qozonish muhim edi. Boksda ketma-ket berilgan ikki aniq zarbaning ta’siri qanchalik sezilarli bo‘lsa, futbolda ham bitta raqibni qisqa muddatda ikki bora yengishning ahamiyati nihoyatda katta. Ayniqsa, an’anaviy kuchli raqibni shu zayl tor-mor qilish g‘olib tomon ruhiyatini keskin ko‘tarib yuboradi. O‘zbekiston U-23 termasi shunday qutlug‘ ishni amalga oshirdi. Kuchli jamoaning kuchsiz raqibni yirik hisobda yengish sharti - futbolning yozilmagan qonunlaridan biri. Natija aksincha tus olsa, bundan kuchli jamoa jiddiy jabr tortadi, ya’ni uning ruhiyati izdan chiqadi. Balki shuning uchundir APLning 24-turida «Chelsi» safarda o‘ynashiga qaramay, «Brayton»ni, «Arsenal» esa o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni yirik hisobda yengdi. Ravshan Haydarov shogirdlari ham yaponiyalik bo‘lajak olimpiyachilardan ustun ekanliklarini his etgan holda, maydonga tushishdi va xayriyatki, bu ruhiy omil ularning harakatlariga salbiy ta’sir o‘tkazmadi.

Eng muhimi, vakillarimiz futbolimiz ongu shuuriga singib ketgan xavotir tuyg‘usiga qarshi ikki aniq zarba yo‘llashdi. Bu - taraqqiyot sari talpinayotgan futbolimiz uchun ulkan ruhiy dalda. Endi hamma gap shu maromni ushlab qolishda. Janubiy Koreya yoshlariga qarshi kechadigan yarim final uchrashuvi ayni ma’noda hal qiluvchi uchinchi zarba vazifasini bajarishi mumkin. O, uchinchi zarba ham aniq va kuchli chiqsa bormi?! Buni ta’riflashga til joiz. Futbolchilarimiz potensial jihatdan bu ishni uddalashlariga ishonchimiz komil. Avval ham ta’kidlaganimizdek, hammasi murabbiylar shtabi tanlaydigan taktika va beradigan ko‘rsatmalarga chambarchas bog‘liq. 

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:15, 24.01.2018.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.