Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Bitta gol uchun 9,5 million yevro yoxud Tevesning Chin yurtidagi safari haqida

Bitta gol uchun 9,5 million yevro yoxud Tevesning Chin yurtidagi safari haqida

Baho:
+ | -

Argentinalik faxriy hujumchi Karlos Teves Xitoydagi faoliyatiga xotima yasab, «Boka Xuniors»ga qaytdi.

Osiyoda uning futbol masalasidagi ishlari uncha o‘xshamagandir, ammo moddiy tomondan katta manfaat ko‘rgani aniq. Demak, Karlitosning Chin yurti futboli tomon yurishiyu, unga bog‘liq faktlarga birrov nazar solamiz.

Karlos Teves Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubida rosa bir yil o‘ynadi. Argentinalik faxriy ortga qaytgani hamono «Boka Xuniors» mashg‘ulotida ko‘rinish berdi va endi futbolchilik faoliyatiga aynan jonajon klubida nuqta qo‘ysa kerak. Aytgancha, Karlitos Osiyoga yo‘l olishiga qadar ham shu klubda to‘p surgandi.

 Aslida Tevesni Xitoyga 2016 yilning boshida chorlashgandi. Aniqrog‘i, keyinroq Xalk, Oskar, Odil Ahmedov va Andre Villash-Boash bilan shartnoma tuzgan «Shanxay SIPG» uni o‘z safida ko‘rishni xohlagandi. Biroq Karlos o‘shanda deyarli 25 million yevroni o‘z ichiga olgan 10 oylik kelishuvdan bosh tortgandi.

 «Shanxay Shenxua» qat’iyroq va saxiyroq bo‘lib chiqdi: aynan 2016 yilning oxirida Tevesga 2 yillik shartnoma taklif qildi. Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi haftasiga 730 ming yevro miqdorida maosh oldi (jami 38 million yevro).

 Xitoy klubi transfer summasini rasman oshkor etmadi va matbuotda bu borada turli taxminlar ilgari surildi - 11 milliondan tortib, 84 million yevrogacha. Xususan, The Guardian transfer 84 «limon»ga baholangani haqida xabar berdi.

To‘g‘ri, xitoyliklar har ehtimolga qarshi shartnomaga alohida band kiritishgandi. Unga ko‘ra, Teves kelishuv oxiriga qadar klubda qolmagani uchun «Boka» transfer summasidan 60 foizini qaytarib berishi kerak.

 Tushunarliki, Tevesning o‘zi yil davomida maoshi xususida aniq gapirishni istamadi: «Bu keng doirada muhokama qilinadigan mavzu emas. Zero, barcha klubdoshlarimga hurmatni saqlashim kerak. Faqat aytishim mumkinki, matbuotda yozilayotgan darajada katta maosh olmayman».

Qolaversa, Xitoy  mediasi Tevesning maoshi Yevropa matbuotida ko‘rsatilganidan deyarli ikki baravar kam ekanligi haqida xabar berdi. Ya’ni mahalliy jurnalistlarning aniqlashlaricha, Karlitos haftasiga 730 ming emas, 350 ming yevro olgan emish.

 Karlos klub va jamoadoshlariga hurmat nazari bilan qarashi zarurligini aytgan bo‘lsada, bir necha intervyularida salbiy ohangda gapirdi. Ko‘rinishidan, Xitoyda argentinalikka hech narsa ma’qul kelmagan: na turmush tarzi va taomlar, na milliy chempionatdagi o‘yin uslubi va klubdoshlari saviyasi.

Buning oqibatida muxlislar Tevesni yoqtirmay qo‘yishdi hamda ijtimoiy tarmoqlar va tribunalarda unga ochiq-oshkora e’tiroz bildirishdi.

 Teves yengil jarohatlar tufayli tez-tez safdan chiqib turdi. Boz ustiga, har safar davolanish bahonasida yurtiga oshiqdiki, bunday yondashuvi klubga sira yoqmadi. Xullas, qimmatbaho futbolchi 30 turdan iborat chempionat davomida 20 marta maydonga tushdi, xolos.

 Argentinalik yulduz mahalliy Super-ligada aytarli karomat ko‘rsatgani yo‘q - atigi 4ta gol urdi. Demak,

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:19, 29.01.2018.
O'qildi: 4386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.