Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Foto: Kolumbiya klubi yilning eng shov-shuvli libosini taqdim qildi

Foto: Kolumbiya klubi yilning eng shov-shuvli libosini taqdim qildi

Baho:
+ | -1

Kolumbiyaning «Fortalesa Sipikara» klubi yangi liboslari ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Gap shundaki, liboslar an’anaviy tarzdagi homiylik reklamasi va klub emblemasi bilan emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga xos bo‘lgan smayliklar va turli emojilar bilan bezatilgan. Jamoa 16 fevral kuni «Lyaneros»ga qarshi o‘yinda shu liboslarda maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

Kolumbiya chempionatining 2-divizionida ishtirok etuvchi klub rahbariyati yangi libos haqida ijobiy fikrga ega.

«Dunyoning eng yaxshi libosi! Emojilardan tayyorlangan. Bu yangi ming yillik avlodiga, yangi fanatlarga bag‘ishlangan. Ahmoqlar va to‘polonchilar uchun emas.

Biz turli yoshdagi bolakaylar bilan maslahatlashdik. Klub maktabida 2 ming nafar bola tahsil oladi. Biz ular faxrlanishi mumkin bo‘lgan libosni tayyorladik» - deb yangi libosga ta’rif bermoqda rahbariyat.

Ammo, «Fortalesa» joriy etgan yangilik barchaga birdek yoqmagan. Masalan, ingliz matbuotida klub rahbariyatining bu qarori hazil-mutoyibalarga sabab bo‘ldi.

Daily Mail esa uni 1995/96 mavsumdagi «Manchester Yunayted»ning «ko‘rinmas» libosiga qiyosladi. Bu libos futbolchilarga umumuan yoqmagan, bosh murabbiy Aleks Fergyuson esa «Sauthempton»ga (0:3) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatda aynan uni ayblagan edi - «Bu libosni kiygan futbolchilar maydonda bir-birini ko‘rmay qoldi».

Kolumbiya klubining inqilobiy libosi ahmoqona va beo‘xshov to‘plamlar bilan bir qatordan joy olgan, deb ta’kidlaydi nashr. Hammasidan ham, darvozabonning binafsharang libosi oshirib tushirgan.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 18:57, 07.02.2018.
O'qildi: 9344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик