Xokkey asrlar osha muxlislarni o‘ziga rom etib kelmoqda. Qishki olimpiya o‘yinlarining gultoji xokkey ekanligi shubhasiz. Ayniqsa, Kanada, Rossiya, AQSH kabi jamoalar bir-birlari bilan to‘qnashib qolsa bormi. Quyida e’tiboringizga xokkey tarixiga oid qiziqarli faktlarni havola etamiz.
* Dastlabki xokkey o‘yini 1875 yilning 3 martida Monrealda o‘tkazilgan. Bu haqda mahalliy «Montreal Gazette» nashri xabar bergan;
* Xokkeychilar 1879 yilga qadar yog‘och shaybalarda o‘ynashgan;
* Dastlab xokkey jamoalari 9 kishidan iborat bo‘lgan. Keyinchalik tarkib 7 nafargacha kamaytirilgan. 1904 yildan boshlab 6 kishilik jamoalar shayba surishmoqda;
* Xokkeyning eng nufuzli «Stenli» kubogi lord Frederik Artur Stenli tomonidan 10 funt sterlingga xarid qilingan;
* Muz saroylaridagi maydonga muz qoplama tayyorlovchi qurilmani kaliforniyalik Frenk Zamboni 1945 yilda yaratgan;
* Qalin muz qatlami yaxshi sirpanishga xalaqit beradi. Shuning uchun muz o‘rtacha 7,6-10 sm. qalinlikda quyiladi;
* Kanada va sobiq SSSR jamoalari 1954 yilda ilk bor uchrashishgan va Kanada 7:2 hisobi bilan mag‘lub bo‘lgan;
* Kuchli zarbalar ta’sirida shayba 193 km/soatgacha tezlikda uchadi;
* Shaybalar rezinadan tayyorlanadi va 200 gramm vaznga ega bo‘ladi. Sakrab ketmasligi uchun o‘yin oldidan yaxshilab muzlatiladi;
* Milliy Xokkey Ligasida o‘yinchilarga spirtli ichimlik ichishga ruxsat beriladi;
* Xokkey juda tezkor o‘yin hisoblanadi. Darvozaabonda 20 metrdan berilgan zarbani qaytarish uchun 0,45 soniyagina muddat bor;
* Eng katta hisob 2008 yilning 7 sentyabrida Slovakiya va Bolgariya ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qayd etilgan. Slovakiya termasi raqiblarini 82:0 hisobi bilan dog‘da qoldirib, saralash turnirlari g‘olibi bo‘lgan. Eng qizig‘i, shu o‘yinni bor-yo‘g‘i 37 nafar muxlis bevosita tomosha qilgan. Erkaklar o‘rtasidagi rekord 1987 yilning 15 martida qayd etilgan. Avstraliya terma jamoasi Yangi Zelandiya xokkeychilarini 58:0 hisobida mag‘lub etgan;
* 1990 yilning 14 yanvarida Daniyaning Xersolme shahrida «Rungsted» jamoasi xokkeychisi Pyer Olsen «Odense» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda o‘yinning ikkinchi soniyasida darvozaga gol urgan;
* Yorgen Palmgren Eriksen 1991 yilning 17 martida 10 soniya ichida 3 ta, «Vernoy Kugars» jamoasi 56 soniyada 5 ta, «Kamlups Nayts of Kolambus» jamoasi esa 1980 yilning 25 yanvarida 2 daqiqa 22 soniya ichida 7 ta gol kiritgan;
* 1980 yili «Stenli» kubogini qo‘lga kiritgan Brayan Trottye kubokni quchoqlab uxlaganini «Men uyg‘onganimda kubokni ko‘rishni xohlaganman», – deya izohlagan;
* Mashhur xokkeychi Boris Mayorov futbol bo‘yicha oliy ligada, «Spartak» jamoasi safida ham o‘ynagan. To‘p unga tushganida muxlislar «Shayba! Shayba!» deb olqishlaganlar;
* Futbol bo‘yicha mashhur darvozabon Lev Yashin xokkeyda ham darvozabonlik qilgan. 1953 yili u xokkey bo‘yicha SSSR kubogini qo‘lga kiritgan. Uni terma jamoaga taklif qilishganida o‘zini bundan buyon to‘liq futbolga bag‘ishlashini ma’lum qilgan;
* 1917 yili MXL qoidalarga o‘zgarishlar kiritdi va darvozabonga shaybani qaytarish chog‘ida yiqilishga ham ruxsat berdi. Bunga qadar darvozabon yiqilsa jarimaga tortilar va kamiga maoshidan 2 dollar ushlab qolinardi. U paytlarda jarima sifatida 2 dollardan 15 dollargacha bo‘lgan jarimalar keng qo‘llanilar va bu anchagina katta pul edi;
* Mashhur xokkeychi Ueyn Gretski 21 million dollarga transfer qilingan yillarda biror futbolchi 10 million dollarga ham baholanmagandi.