Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Sanjar Rashidov: «Nasib qilsa, Erondan ochko bilan qaytamiz»

Sanjar Rashidov: «Nasib qilsa, Erondan ochko bilan qaytamiz»

Baho:
+ | -

Bir necha yil davomida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi sharafini himoya qilib kelgan Sanjar Rashidov yangi mavsumni «Nasaf» a’zosi sifatida boshlaydi.

U qarshiliklar tarkibida bitta rasmiy o‘yinda maydonga tushishga ham ulgurdi. Xabaringiz bor, Rashidovlar xonadonida uch aka-uka futbolchilar voyaga yetishgan. Sardor Rashidov BAAning «Al-Jazira»sini tark etib, Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Sahob «So‘g‘diyona»da qoldi.

Sanjarning Qarshi klubiga ko‘chib o‘tishi esa «Nasaf» uchun juda ham yaxshi transfer bo‘ldi, deyish mumkin. Boisi, bu futbolchi o‘tgan mavsum «So‘g‘diyona» tarkibida 14ta to‘p kiritishga erishgandi.

Autsayder safida o‘ynagan 24 yoshli yarim himoyachi uchun bu ajoyib ko‘rsatkich.

Biz «Nasaf» yarim himoyachisi Sanjar Rashidovni suhbatga chorladik.

- Sanjar, faoliyatingizni «Nasaf»da davom ettiryapsiz. Umuman, bu transfer qanday amalga oshdi?

- O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng «Nasaf» jamoasidan rasmiy taklif bo‘ldi. O‘sha payt «So‘g‘diyona» bilan amaldagi shartnomam yakuniga yetgandi. Shu bois, o‘zimni boshqa klubda sinab ko‘rishga qaror qildim. Bu haqda o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidan keyin o‘ylay boshlagandim. Umuman olganda, jamoani o‘zgartirish fursati yetgandi.

- «So‘g‘diyona»da o‘tkazgan yillaringiz haqida nima deya olasiz?

- Shaxsan men uchun bir-biridan qiziqarli bo‘lgan mavsumlarni o‘tkazdim. Aynan shu klub futbolchi bo‘lib yetishishimga xizmat qildi. Jizzaxdagi murabbiylar meni tarbiyalashdi. Fursatdan foydalanib, klub rahbariyati, ustozlarim, futbolchilar va «So‘g‘diyona» muxlislariga alohida rahmat aytmoqchiman. Ular mening yuragimda qolishadi.

- Ketish oson bo‘lmagandir? Har holda, «So‘g‘diyona» Superligada olib qolindi. Bu holat fikringizni o‘zgartirmadimi?

- Ha, bir qarorga kelish juda qiyin bo‘ldi. Lekin bu futbol, ana shunday kutilmagan holatlarga ham tayyor turish kerak. Shu o‘rinda «So‘g‘diyona»ning Superligada qolganidan o‘zimda yo‘q xursand bo‘ldim. Jizzaxlik futbol muxlislarining quvonchi cheksiz. Viloyatga katta futbol yana qaytarib berildi. Yuqorida aytganimdek, «Nasaf»da o‘ynab, futbolchi sifatida yana o‘sishga erishishim kerak. Klub OCHLda qatnashadi. Bu esa men uchun ayni muddao.

- «Nasaf»dan tashqari yana takliflar bo‘ldimi? Yoki eng yaxshi variant Qarshi klubidan kelib tushdimi?

- Tanlash uchun variantlar yetarlicha edi, lekin ular orasida «Nasaf»dan bo‘lgan chorlov ancha qiziqarli edi.

- Bu qarorni qabul qilishda akangiz Sardor bilan maslahatlashdingizmi?

- Birinchi galda dadam bilan maslahatlashdim. Otam «O‘g‘lim, o‘zing bilasan», deganlaridan keyin akamga murojaat qildim. Ular hech qachon mening zararimga ishlaydigan tavsiya berishmagan.

- «Nasaf» bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Bir yil.

- Sanjar, bizda asosan bir yillik shartnomalar urf bo‘lgan. Bu holatga munosabatingiz qanday? Futbolchilar klubga ishonmaydimi yoki teskarisi?

- (kulib) shu haqda o‘ylab ko‘rmagan ekanman.

- «Nasaf» OCHL «pley-off» bos­qichida ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Bu g‘alabaning siri «Al-Faysali»ning kuchsizligidami yoki ob-havo asosiy omil bo‘lib xizmat qildimi?

- Shaxsiy fikrimcha, jamoadoshlarim o‘sha kuni ajoyib futbol namo­yish etishdi. Futbolchilar a’lo darajada harakat qilishdi. Zimmalariga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishdi.

Qolaversa, raqib jamoani jiddiy tarzda o‘rgangandik. Murabbiylarimiz ham futbolchilarni o‘yinga juda yaxshi tayyorlashdi. Boz ustiga, omadimiz ham keldi.

- Sovuqda o‘ynash-chi?

- Ikkala jamoaga ham qiyin bo‘ldi. Lekin olimpiya terma jamoamizning finaldagi sharoiti biznikidan ancha murakkab edi.

- Guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz? «Nasaf» OCHLning nimchorak finaliga chiqa olarmikan?

- Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, har bir o‘yin biz uchun oson kechmaydi. Boisi, guruhimizdagi raqiblar juda kuchli. Ammo biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik.

Nasib qilsa, guruhdan chiqish vazifasini uddalaymiz.

- «Nasaf» joylashgan guruhdagi eng kuchli jamoa sifatida qaysi klubni aytgan bo‘lardingiz?

DAVOMI

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:21, 13.02.2018.
O'qildi: 5864 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.