Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn - Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Har golga bir qo‘ng‘iroq yoxud Gabriel Jezus faoliyatiga nazar

Har golga bir qo‘ng‘iroq yoxud Gabriel Jezus faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Braziliyalik yosh hujumchi Gabriel Jezusning faoliyati mashhur vatandoshlarinikidan keskin farqiladi. Mamlakat bo‘lajak mundialga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotganida yigitcha yo‘l chetidagi beton bordyurlarni bo‘yash bilan bu ishga hissa qo‘shgandi.

Buni qarangki, oradan 2-3 yil o‘tib u Olimpiya terma jamoasi tarkibidan o‘rin oldi va Braziliyaga shu paytgacha orzu bo‘lib kelgan chempionlikni tortiq etdi.

To‘g‘ri, Jezus katta futbolga yaqinda kelgani bois, nufuzli sovrinlar yoki rekordlar bilan maqtana olmaydi. Ammo ortda qolgan hayotida nafaqat yoshlar, balki kattalar uchun ham ibrat bo‘ladigan jihatlar yetarli.

«Allo, mam-m!»

Har safar mening zarbamdan so‘ng to‘p darvoza turidan joy olganida, telefonim jiringlaydi. Bu onamning qo‘ng‘irog‘i. Qayerda bo‘lishining qizig‘i yo‘q: Braziliyada bo‘ladimi yoki stadiondami baribir qo‘ng‘iroq qiladi.

Shu sababli goldan keyin men burchak bayroqchasi yoniga boraman va kaftimni qulog‘imga yaqinlashtirib, qo‘ng‘iroqqa javob qaytargandek bo‘laman: «Allo, mam-m!».

Manchesterlik muxlislar bu harakatimning ma’nosini so‘rashganida, oyimni qattiq sevishimni, u ham meni yeru-ko‘kka ishonmay, doimo qo‘ng‘iroq qilishini tushuntirdim.

«Hammasi «mittilar»dan boshlangan»

 Men o‘ta orzumand bola edim. Millionlab tengdoshlarim ham orzulardan benasib emasdilar. Mening omadim shunda ediki, bir nechta superqahramonlar bilan shaxsan tanish edim. San-Paulu Shimolidagi Peri Jardim tumanida ulg‘aydim.

Bu yerda shunchaki hayot kechirish ko‘pchilik uchun chinakam kurashga aylangan. Ammo mening omadim kelgan, chunki oyim tinimsiz mehnat qilardi. Shu sababli oilamizda doimo yegulik bo‘lardi. Tengdoshlarimni aksariyati bir kunda bir marta ovqatlanishga majbur edilar.

Ochig‘i, ularning ko‘pchiligi futbol to‘garagiga o‘yinni o‘rganish uchun emas, tekinga beriladigan buterbrod va gaz suvi uchun kelishardi. Men shug‘ullangan «Pekeninyos» («mittilar») futbol klubi Peridan ancha olisda, ovloq bir hududda shundoqqina harbiy qamoqxona ortida joylashgandi.

Maydon esa juda iflos va chang edi. U yerda menga o‘xshagan bolalar va turma xizmatchilari to‘p surishardi. 9 yoshligimda o‘rtog‘im Fabinyo bilan birgalikda klubga yo‘l oldik. Biz duch kelgan murabbiy Joze Fransisko Mamede keyingi mashg‘ulotda bemalol qatnasha olishimizni ma’lum qildi.

Shu tariqa hayotimda tarixiy burilish yuz berdi. Qizig‘i, bizdan hech narsa talab qilishgani yo‘q, shartnoma ham tuzilgani yo‘q. Chunki, «Pekeninyos» yosh futbolchilarni mo‘may daromad manbaiga aylantirishni emas,balki ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etishdek oliy janoblikni maqsad qilgandi.

Boz ustiga, bolalar ota-onalari huzuriga quruq qo‘l bilan qaytib ketmasliklari uchun ularga un, guruch va loviya solingan maxsus qutilar bilan kuzatib qo‘yishardi. Jumladan, murabbiyimiz Mamede ham o‘zining eski Volkswagenida  9-10 nafar bolakayni uylariga eltib qo‘yardi.

Biz uchun Mamede ham, klub ham ota-onadek mehribon edi. Hayotda o‘z o‘rnimizni topib olish imkonini berishdi. «Peke-ninyos»da haftasiga ikki marta shug‘ullanganimiz bois boshqa payt Perida to‘p surardik. Har bir ko‘chaning jamoasi bo‘lib, tez-tez turnirlar tashkillashtirilardi.

Bir banka limonad sovrin vazifasini o‘tardi. Durustrog‘iga kuchimiz yetmasdi. Lekin o‘sha limonad biz uchun Libertadores kubogidan afzalroq edi! G‘olib jamoa davra qurib o‘tirgan holda bir qultumdan ichib chiqardi. O‘sha gazli suvdan lazzatliroq ichimlik yo‘q edi, nazarimizda!

«Varzeadagi bahsni hyech qachon unutmayman»

Braziliyada professional futbolni tanlaganlar 12-13 yoshdan akademiyalarda tahsil olishadi. Men bunday baxtga erisholmadim. «San-Paulu» ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsamda, klub turar-joy bilan ta’minlay olmadi. Har kuni avtobusda qatnab shug‘ullanish uchun maktabdan voz kechishimga to‘g‘ri kelardi.

Oyim esa to‘liq bilimga ega bo‘lishimni istardi. Shu martabaga erishishim uchun oyimdan behad minnatdorman. Bizda ko‘pchilik bolalar oilalariga yordam berish maqsadida barvaqt ishlashga majbur bo‘ladilar. Shu sababli o‘qish yoki sport bilan shug‘ullanishga vaqt yetishmaydi.

Oyim esa menga maktabga qatnash va futbol bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berdi. Shu tariqa 13 yoshimda Varzeada yarim professional jamoaga qarshi maydonga tushdim. U katta yoshdagi o‘yinchilardan tuzilgandi. Bundan tashqari, ular juda qo‘pol o‘ynashardi. Kattalar menga e’tibor berishmadi.

Hatto shu tirrancha bizga qarshi o‘ynaydimi, degandek o‘qrayib ham qo‘yishdi. O‘yin boshlangach, men ularning eng nomdor himoyachisini osonlik bilan aldab o‘tdib, darvozani ishg‘ol etdim. Shundan so‘ng raqib o‘yinchilari nigohlarida quyidagi ma’noni o‘qidim: «Shoshmay tur, bolakay.

Biz senga gol urishni ko‘rsatib qo‘yamiz!». Men esa tahdidlarga parvo qilmay, o‘ynashda davom etdim. Ular to‘p menga uzatilgan payt tepib yiqita boshlashdi. Yarim himoyachilardan biri ochiqdan-ochiq do‘q urdi: «Menga qara, og‘ayni. Agar yana bir marta meni aldab o‘tsang, oyog‘ingni sindiraman!».

Men esa to‘xtashni istamadim. To‘p bilan muomala qilayotganimda hamma narsani, qo‘rquvni ham unutardim. Nav­batdagi hujumda to‘pni chaqqonlik bilan jamoadoshimga uzatdim, u esa gol urdi. To‘g‘ri, raqiblarimiz ham 2ta gol urib, muvozanatni tiklashdi. Penaltilar seriyasida biz g‘olib chiqdik.

Raqib esa g‘azabdan qaltirab ketdi. O‘yin paytida do‘q urgan bezori yarim himoyachi yana menga yaqinlashib, shunday dedi: «Endi o‘zingdan ko‘r, og‘ayni. Baribir oyog‘ingni sindiraman!». Uning nigohi ham, so‘zlari ham jiddiy edi. Xayriyatki, mojarodan xabardor bo‘lgan jamoadoshlarim meni yolg‘izlatib qo‘yishmadi, avtobusga kuzatib qo‘yishdi.

Xullas, uyga sog‘-salomat yetib oldim. Bu hikoyaning oxiri emas. O‘tgan yili rojdestvo bahonasida yana uyga yo‘l oldim. Oila a’zolarim bilan ko‘rishgach, ish yuzasidan bankka bordim.

Mashinamni to‘xtash joyida qoldirib, bank binosi tomon yura boshladim. Kutilmaganda to‘xtash joyidan noziri menga murojaat qildi:

- Nima bo‘ldi, og‘ayni? Meni tanimay qoldingmi? U Varzeadagi bezori futbolchi edi.

- Yodingdami, o‘shanda oyog‘ingni sindirmoqchi bo‘lgandim?

- Ha, sizni endi tanidim. Uzr so‘rashning hojati yo‘q. Jahl ustida hamma ham shunday deyishi mumkin.

- Biroq men hazillashmayotgandim. Agar yolg‘iz qolganingda oyog‘ingni sindirardim. Endi esa do‘stlaring seni qutqarganidan xursandman. Chunki, sen mening suyukli jamoamda to‘p suryapsan.

Demak, meni himoya qilyapsan! Agar o‘shanda seni nogiron qilib qo‘yganimda nima bo‘lardi? Jamoam shunday ajoyib hujumchidan judo bo‘lardi! Tushunyapsanmi?!

Xullas, shunday deya sobiq raqibim menga quchog‘ini ochdi, bir necha daqiqa samimiy suhbatlashdik. Braziliyaliklar iborasi bilan aytganda, mening avvalgi hayotim suv bo‘lsa, hozirda lazzatbaxsh sharobga aylangandi. Besh yil muqaddam men shu oddiy nozir kabi o‘yinchilar orasida edim.

Kimdir avtobus haydovchisi, kimdir supermarket xizmatchisi yoki zavod ishchisi, turli soha vakillariga aylanishdi. Vaholanki, ularda ham iqtidor yetarli bo‘lgan. Lekin hayotiy zarurat orzularidan voz kechishga majbur etdi. Agar oyim bo‘lmaganida, men ham ularning biriga aylanardim.

«Nihoyat, niyatimga yetdim»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:59, 20.02.2018.
O'qildi: 5510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.