Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Shota Arveladzeni 45 yoshni qarshi olgani bilan tabriklaymiz!

Baho:
+ | -

Bugun "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze 45 yoshni qarshi olmoqda.

Shota futbolchi sifatida juda mashhur bo‘lgan. U «Martve» (Gruziya), «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «Ayaks» (Gollandiya), «Reynjers» (SHotlandiya), «AZ» (Gollandiya) va «Levante» (Ispaniya) klublarida o‘ynagan.

Shota Yustinovich Gruziya terma jamoasi tarixida eng yaxshi to‘purar sanaladi - 26 gol muallifiga aylangan. 11-raqamli libos Gruziya FF qarori bilan umrbod unga berilgan.

Faoliyatida 610 uchrashuvda maydonga tushgan Shota Arveladze 383 to‘p kiritgan.

Shota Arveladze o‘tgan yilning iyun oyida jamoamiz bosh murabbiyiga aylangan. Murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada "Qayserispor" va "Qosimposho" jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

Shota Arveladzening sovrinlari:

- "Ayaks" tarkibida Gollandiya chempioni (1997/98) va Gollandiya Kubogi sohibi (1997/98 va 1998/99);

- "Reynjers" tarkibida Shotlandiya chempioni (2002/03 va 2004/05) va Shotlandiya Kubogi sohibi (2001/02 va 2002/03).

- Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi (1994, 1998 va 2007)

- Turkiya chempionati to‘purari (1995/96).

Shuningdek, bugun Shotaning egizagi Archil Arveladzening ham tug‘ilgan kuni. U «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «NAK Breda» (Gollandiya), «Kyoln» (Germaniya), «Lokomotiv» (Tbilisi) klublarida o‘ynagan. Gruziya terma jamoasi safida 8 yil mobaynida maydonga tushgan.

"Paxtakor" futbol klubi Shota va Archil Arveladzeni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi. Ularga uzoq umr, salomatlik, hayoti va faoliyatida yangi zafarlar tilab qoladi!

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:51, 22.02.2018.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик