Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

OCHL-2018: “Nasaf” – “Al Sadd”. O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Baho:
+1 | -

5 mart dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionimizda OCHL-2018 3-tur doirasidagi “Nasaf”- “Al Sadd” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

O‘yindan bir kun avval, ya’ni 4 mart kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Soat 12:30da “Al Sadd” vakillari ishtirokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Soat 13:00da esa “Nasaf” vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumanlari “Markaziy” stadionimizda tashkil etiladi.

Shu kuni har ikkala klub menejerlari ishtirokida yig‘ilish (miting) ham bo‘lib o‘tadi. Unda tashkiliy masalalar qatori, jamoalarning uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi. Yig‘ilish “Markaziy” stadionimizda bo‘lib o‘tadi va soat 14:00da boshlanadi.

Shuningdek 4 mart kuni “Markaziy” stadionda har ikkala jamoalarning o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi. “Nasaf”ning mashg‘uloti soat 17:30da boshlanadi.

“Al Sadd” jamoasining mashg‘uloti esa soat 18:30da boshlanadi.

O‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini OAVlari vakillari kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 10:01, 03.03.2018.
O'qildi: 6511 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик