Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Shavkat Mirziyoyev futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 14 mart kuni Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar berdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi.

— Fransiya dunyodagi futboli rivojlangan mamlakatlardan biri. Shu sababli O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida Fransiya bilan hamkorlik qilish biz uchun juda muhim. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda, — dedi mehmonlarni kutib olar ekan Umid Ahmadjonov. — Mana bugun Siz aziz mehmonlarning poyqadami qutlug‘ kelib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.

Endilikda yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirishning yangi tizimi barpo etiladi. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birgalikda ish olib boradi. Biz ishni bog‘chalardan boshlamoqchimiz. Bolajonlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish orqali turli sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bosh maqsadimiz. Keyin maktab - Olimpiya zaxiralari kolleji – institut tizimida ish olib boriladi. Maqsadimiz sportni, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish va yurtimizdan olimpiya va jahon chempionlari chiqishini ta’minlashdan iborat, — dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i janob Kenni Jan Mari O‘zbekistonga tashrif buyurganidan juda mamnun ekanini aytib o‘tdi.

Futbolni rivojlantirish haqidagi qarorni tez orada e’tiboringizga havola qilamiz.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 22:00, 14.03.2018.
O'qildi: 8918 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.