Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Karpat Maradonasi”ning o‘g‘liga uch mamlakatdan takliflar bor

“Karpat Maradonasi”ning o‘g‘liga uch mamlakatdan takliflar bor

Baho:
+ | -

Ruminiyalik afsonaviy futbolchi, “Karpat Maradonasi” deya e’tirof etiladigan Georgiy Xajining 19 yoshli yoshli o‘g‘li - Yanisni uch mamlakat klublari o‘z safiga taklif etmoqda.

Ikki yil avval kichik Xajini “Viitoril”dan  “Fiorentina” klubi 2 million yevrodan ortiroq mablag‘ga sotib olgandi.

Biroq Yanisning Italiyada omadi chopmadi. Yana otasi boshqaruvidagi eski jamoasi tarkibiga qaytdi. Rumiyani gazetalarida yozilishicha, yarim himoyachi yozgi transfer mavsumida kuchli chempionatlardan biriga yo‘l oladi.

Bu haqida uning agenti Piyetro Chiodi shunday deydi:

“Yanisning kelajagi borasida aniq takliflar bor. Ispaniya, Italiya va Belgiya klublari uni o‘z saflarida ko‘rishni istashmoqda. Tezroq bir qarorga kelishimiz kerak”.

Yanis, xuddi dadasi singari yarim himoyaning markazida to‘p surishdan tashqari, hujum ortida ham yaxshi harakatlana oladi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada tug‘ilgan, asli ruminiyalik Yanisning “Transfermarkt” saytidagi narxi 1 million yevroga baholanmoqda.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 00:03, 17.03.2018.
O'qildi: 4044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.