Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Taksist – hujumchi

Taksist – hujumchi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Marsel shahri muxlislar orasida o‘zining «Velodrom» stadioni bilan mashhur. Biroq uni butun dunyoga tanilishiga boshqa bir xususiyat sababchi –  olisni yaqin, mushkulni oson qiladigan transport vositasi mahalliy aholi va xorijiy mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatadi.

Lyuk Besson tomonidan yaratilgan mashhur «Taksi» filmi ham aynan Marselda suratga olingani bejiz emas. Mohir aktyor ijro etgan Daniel – «as» haydovchi. Uning ulovi Marselning tor ko‘chalarida yashindek uchadi.

Daniel o‘z «Pejo»sini mohirlik bilan boshqarishdan tashqari ozgina bo‘sh vaqtini «toychoq»ning texnik holati mukammal darajada bo‘lishiga, unga gard yuqmasligiga sarflaydi. To‘g‘ri, Daniel – ssenariy muallifi tomonidan yaratilgan afsonaviy qahramon.

Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan Fabris Apryuzess esa barchaga yaxshi tanish bo‘lgan tashvishu-shodliklarga to‘la jo‘shqin hayotning tipik vakili. O‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi hamda orzusiga erishi yo‘lida hech narsadan qaytmasligi bilan Fabris chinakam mo‘’jizani yaratdi.

Ya’ni, biror-bir futbol maktabining ostonasidan o‘tmagan holda haydovchilikdan hujumchi darajasiga ko‘tarildi! Yakunda «Marsel»­dek nomdor jamoa tarkibida maydonga tushdi.

Haydovchining mulohazasi

Fabris - kasbdoshlaridan sira farq qilmaydigan oddiy haydovchi va futbolning, jumladan, «Marsel»­ning ishqibozi. Shaharning tor ko‘chalarini kezganda u har gal «toychog‘i»ni «Velodrom» yonida to‘xtatar va qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, hech bo‘lmaganda bir marta suyukli stadionida to‘p surishni yaratgandan so‘rardi.

Ortda qolgan yillar davomida Fabris ko‘cha futbolida to‘p surib ulg‘aydi. Tez orada beg‘ubor bolalik davri ortda qolib, tirikchilikni ta’minlaydigan kasbni tanlash vaqti keldi. Shu tariqa yigitcha avtokorxonalardan biriga ishga kirdi. Uning ulovi «qo‘g‘irchoq»dek bezatilgan «Pejo-406» emasdi, ma’shuqasi ham mahalliy polisiya rahbarining qizi maqomidan yiroq edi.

Ammo Fabris mashhur filmdagi kasbdoshidan farqli ravishda «Marsel»ning muvaffaqiyatidan cheksiz quvonar, omadsizliklaridan kuyinardi. Ayniqsa, azaliy raqib - «Lion»dan qabul qilingan mag‘lubiyatni hazm qilolmay, bor alamini mashinadagi yo‘lovchilarga to‘kib solardi.

«Ha, yigitlarimiz g‘irt dangasa bo‘lib qolishdi, o‘ynashni istamayotgandek, go‘yo. Hatto men ham ulardan durustroq o‘ynagan bo‘lardim!», - dedi yo‘lovchilardan biri jonlanib.

Albatta, professional jamoa tarkibida maydonga tushishi uchun lozim bo‘lgan iqtidor bu notanish yo‘lovchida ham, o‘zida ham yo‘qligini Fabris yaxshi bilardi.

Shu tasodifiy mijozning ehtirosli xitobi haydovchini hujumchiga aylanishida dastlabki turtki bo‘ldi - Apryuzess yarim havaskorlik klubida o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qildi. Ha, «Oban»dagilar bu qorindor (bo‘yi 170 sm., vazni 80 kg.) debyutantni hazil-mazax bilan qarshi olishdi, oshna-og‘aynilari esa do‘stona maslahat berishdi:

«Agar vazningni 15 kg.ga kamaytira olsang, «Marsel»da o‘ynaydigan bo‘lasan». Fabris bu gap-so‘zlarga e’tibor bermay,eng shimarib ishga kirishdi. Tez orada «Oban»­ning sermahsul hujumchisiga aylandi.

«Hoy yigit, ichkilikdan garang bo‘lsam ham, sendan dadilroqman»

2010 yili Fabris Apryuzessning hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. U Fransiyaning eng yirik pochta kompaniyalaridan biriga ishga o‘tdi, shaharning ikkinchi jamoasi hisoblangan «Konsolat» uni o‘zsafiga taklif etdi. Kunlik ishlarini rejalashtirish imkoniga ega bo‘lgan haydovchi futbolga ko‘proq vaqt ajratishga odatlandi.

Shunga qaramay, professional klubda o‘z o‘rnini topish unga oson bo‘lmadi. Hoy yigit, ichkilikdan boshim garang bo‘lsa ham, sendan dadilroqman» deyishardi muxlislar. Ammo Fabris bunday kinoyalardan tushkunlikka tushmadi.

Ish vaqti tugashi bilan mashg‘ulotlarga zo‘r berardi. «Konsolat» murabiiyining xotirlashicha, Apryuzess hamma yerda birinchi edi: «Endigina ish kunini yakunlab kelgan bo‘lsada, mashg‘ulot maydoniga to‘plarni u olib chiqardi. Yugurish deysizmi? Buni hech kim yoqtirmaydi.

Fabris doimo o‘rnak bo‘lishga intilardi. Zerikarli taktik saboqlar? Aksincha, u har bir so‘zimni jon deb tinglardi. Risoladagidek ish bilan ta’minlangan, oilali kap-katta odamning bu tirishqoqligi ochig‘i meni hayratda qoldirgan». Metin iroda va mashaqqatli mehnat evaziga Fabris bu jamoada ham sermahsul to‘p sura boshladi.

Har ikki uchrashuvda bittadan gol urish nafaqat ko‘chadan kelgan, balki nufuzli akademiyalar tarbiyalanuvchilari uchun ham yuqori natija hisoblanadi. Apryuzess esa bundan tashqari himoyaga ham faol ko‘maklashardi.

Yoshlar termasining serg‘ayrat a’zosi

Ikki yil ichida qorindor sobiq haydovchining shuhrati uchinchi liga doirasidan chiqib, «Marsel»ga qadar yetib bordi. Mish-mishlarning qanchalik haqiqat ekaniga ishonch hosil qilish maqsadida «Konsolat» uchrashuviga yo‘l olgan «Olimpik» vakili hujumchi o‘yinidan hayratda qoldi.

Oradan ikki oy o‘tgach, 27 yoshli Fabris «Marsel»ning yoshlar jamoasidan o‘rin oldi. Shu tariqa muxlislar dast­labki mo‘’jiza guvohiga aylandilar. Yoshlar jamoasi tarkibida yoshi 30dan o‘tgan o‘yinchilar ham yo‘q emasdi. Odatda bunday «qari tulkilar» yosh futbolchilarga o‘z o‘rnini topib olishlarida, to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolmaslikda yordam berishadi.

Jamoadoshlari yechinish xonasida Fabrisni rosa kalaka qilishdi. U tashqi ko‘rinishidan futbolchiga sira o‘xshamas, qorindor gavdasi pissa tashuvchi xizmatchini eslatardi. Jamoa yetakchilaridan biri hatto kinoyali savol berishga ham jur’at etdi: «Menga qara, og‘ayni, sen bu yerga butsalarimizni tozalash uchun keldingmi?» Azaliy orzusi ro‘yobga chiqanidan behad xursand bo‘lgan sobiq haydovchi kinoyalarga barpo qilmasdi.

Aksincha, muloyimlik bilan xotirjam javob qaytardi: «Yo‘q men sizlar bilan bilan to‘p surish uchun keldim». Ha, o‘zini chinakam baxtiyor hisoblaydigan kishi boshqalar diliga ozor berishga qodir emas. Jamoaga qo‘lidan kelganicha yordam berish niyatida kelgan Fabris asosiy e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratib, murabbiy ko‘rsatmalarini a’lo darajada bajarishga intildi.

Yoshlar esa undagi g‘ayrat va shijoat, fidoyilikni ko‘rib uyalib qolishdi. «Tabiiyki, avvaliga hech kim unga yetarli e’tibor bermadi. Ko‘cha changitib yurib shunday mahoratga erishish mumkinligini tasavvur qilish qiyin edi. Ilk mashg‘ulotdayoq Apryuzessga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi.

Birinchidan,  u risoladagi dek hujumchi, «dehqoncha» uslubda bo‘lsada, samarali o‘ynaydi. Ikkinchidan, yoshlar uchun o‘rnak bo‘la oladi. Ungacha yoshlar faqat bir-birilariga qarashdan boshqa hech narsaga ega emasdilar.

Fabris kelgach, ancha jonlanib qolishdi. Asosiy tarkibdan joy olish uchun tinmay ter to‘kish kerakligini Fabris amalda ko‘rsatib berdi», - deydi «Marsel» tayyorgarlik markazining direktori Anri Stambuli.

Sobiq haydovchi esa kun sayin kuchliroq ishtiyoq bilan shug‘ullanishda davom etdi. Chunki u endi «Olimpik»ning chinakam a’zosiga aylanish niyatida edi. Buni amalga oshirish uchun Fabris pochta kompaniyasidagi ishidan ham voz kechdi va bor kuch-mahoratini futbolga bag‘ishladi. Ana shu fidoyiligi evaziga butun mamlakatda shov-shuv ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi.

Fransiyaning shov-shuvli shaxslari

Hayot tasodiflarga to‘la. Futbol olamida kamdan-kam kuzatiladigan voqeaga guvoh bo‘ldik. 2012 yil 18 noyabr­da «Marsel» bosh murabbiyi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Boisi, «Bordo»ga qarshi muhim bellashuv arafasida uning ixtiyorida faqat bir hujumchi - Andre Ayyu qolgandi.

Andre-Pyer Jinyak va Loik Remi turli sabablarga ko‘ra maydonga tusha olmasdilar. Eli Bopning yolg‘iz umidi yoshlar jamoasidan edi. Murabbiy uchun bahsning ahamiyatli jihati shunda ediki, 2000 yillarda «Bordo» uning rahbarligida mamlakat kubogi va chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Xullas, Bop bir qator yoshlar bilan Fabrisni ham bosh jamoaga chaqirdi. «Yigitlar meni yaxshi kutib olib, tezroq jamoaga moslashishimda ko‘maklashdilar. Unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim va keyinchalik yana bosh jamoadan taklif olishga antildim», - deya xotirlaydi hujumchi.

Bolaligidan «Marsel» libosida maydonga tushishni orzu qilgan Apryuzess o‘shanda quvonch yoshlarini tiya olmagandi. Qisqasi, o‘yin «Bordo»ning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Mehmonlar hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘lishgan bo‘lishsada, 52-daqiqada Yoan Guffran «Bordo»ni hisobda odinga olib chiqdi.

Bop esa o‘yinchi almashtirish tadorigini ko‘ra boshladi. Ana shu lahzada stadionda ajib sukunat hukm surdi: ko‘chadan kelgan hujumchi terma jamoa a’zosi o‘rnini egallashini muxlislar nafas olmagan holda kuzatishgandi. Agar bu qandaydir yoqimli ertak bo‘lganida, Fabris Apryuzess so‘nggi daqiqalarda «dubl»ga erishib, «Marsel»ga g‘alaba keltirgani haqida yozgan bo‘lardik.

Yo‘q, u bor kuchini ishga solgan bo‘lsada, hech narsaga erisholmadi. Jamoasi mag‘lubiyatga uchradi, matbuot vakillari bosh murabbiy va jamoani tan­qid ostiga olishdi. Qahramonimiz ham «siylovlar»dan chetda qolmadi: «YO, tavba, televizorga bir balo bo‘ldimi, deyman?

Marselliklar hujumchisi o‘rnida qandaydir baqaloqni ko‘rsatyapti!». Bu yigit yaqinda uyimga suv keltirib bergandi. Endi «Masrel»da o‘ynamoqda». Ha, avvalroq muxlis sifatida Valbuenaning o‘yinlarini tomosha qilib yurgan yigit edi. Endi uning o‘rnida to‘r so‘rardi. Bu fantastika emasmi?

Qaysi mo‘’jizadan qolishadi? Apryuzess «Marsel» safida bor-yo‘g‘i 18 daqiqa to‘p surdi. Shu ishtirok tufayli Transfermarket saytidan joy oldi.

Haydovchi, e-e, yo‘q, hujumchi 2016 yilgacha, «Marsel» yoshlari tarkibida faoliyat yuritdi, 2016|2017 yillar mavsumida sobiq jamoasi «Oban» sharafini himoya qildi. Ke­yin jarohat olib, havaskorlar ligasida «Ardzev» jamoasidan joy oldi.

33 yoshli hujumchi futbolda sovrinlarga erisholmagan bo‘lsada, mehnatsevarlik va tirishqoqlik bobida rekord o‘rnatdi. Shuningdek, marsellik taksi haydovchilari nufuzini yanada oshirdi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:08, 17.03.2018.
O'qildi: 3224 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.