Yevropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida joriy mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan bitta jamoa qoldi. «Barselona» 29-turdan so‘ng «Atletiko»ni 11, «Real»ni esa 15 ochkoga ortda qoldirgan holda, La ligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.
Kataloniyaliklar katta ehtimol bilan Ispaniyaning eng kuchli klubi maqomini qaytarib olishadi, ammo ishqibozlarni qiynayotgan boshqa bir savol bor - jamoa qolgan o‘yinlarda ham yutqazmaslikni uddalay olarmikan?
Keling, «ko‘k-anorranglilar»ning o‘ziga xos ko‘rsatkichi bahona top-ligalarda mag‘lubiyatsiz mavsum o‘tkazgan klublar haqida so‘z yuritamiz.
«PRESTON NORT END», 1988|1989
Angliya futboli tarixidagi dastlabki chempionat g‘olibi erishgan natija ko‘pchilikning nazdida abadiy yangilanmaydigandek tuyulgandi. Bunga albatta, tumanli o‘lkadagi ligada kuzatiladigan raqobatbardoshlikning yuqori ekani ham sabab bo‘lgan.
Birinchidan, mahalliy mutasaddilar birinchilardan bo‘lib tarkibga Britaniyaning boshqa hududidan ham futbolchilar taklif qilishdi. «Preston» rahbari Uilyam Sadell tomonidan jalb etilgan butun boshli shotland «desant»i bir xillikka ko‘nikkan jamoaga yuqori texnikani ham qo‘shdi.
Ikkinchidan, Sadell qo‘l ostidagi o‘yinchilarga yaxshi maosh to‘lashga tayyor edi - bunaqasi IX-asr uchun ajablanarli hol, albatta. Raqobatchilar vaziyatdan xabar topishgach esa, haqiqiy mojaro yuzaga keldi va bu «Preston»ning tarqatib yuborilishiga olib kelishi mumkin edi.
Biroq sog‘lom fikr ustun keldi - shu tariqa futbolning kelajagiga zamin hozirlanib, u professional sport turiga aylandi. Oxir-oqibat «Preston» Angliyadagi ilk chempionatni favorit sifatida yakunladi.
12ta jamoa qatnashgan va atigi 22ta o‘yin o‘tkazilgan ligada har bir g‘alaba uchun 2 ochkodan berilgandi. Shunga qaramay, «Preston» ikkinchi o‘rindagi «Aston Villa»ni 11 ochkoga ortda qoldirishdan tashqari, o‘sha mavsumning o‘zida kubok sohibiga aylanib, dastlabki «dubl»ni qayd etdi.
«ATLETIK», 1929|1930
Albatta, Ispaniya chempionatining hisob bo‘yicha ikkinchi mavsumi hozirgisidan sezilarli ravishda farqlangan. Aytaylik, Madridning «Real» klubi yakunda bor-yo‘g‘i 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning qo‘shnisi «Atletiko» jadvalning so‘nggi pog‘onasida qolib, Segundaga tushib ketgandi.
10ta ishtirokchi orasida hozirda ko‘pchilik tanimaydigan «Evropa» va «Arenas» (bronza medali sohibi) klublari ham bor edi. Ammo yetakchilik nomi Ispaniya elitasidagi barcha mavsumlarda qatnashgan uchta klubga nasib qildi. «Barselona» ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, 18ta turda 12ta g‘alabaga erishgan «Atletik» chempionlikni rasmiylashtirdi.
Eng yaqin ta’qibchilarini 7 ochkoga ortda qoldirgana basklar hujum (63ta gol) va himoyada (-28ta gol) qolganlardan yaxshi ko‘rsatkich qayd etishdi. O‘sha mavsum jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylangan 20 yoshli Gorostisa o‘z hisobiga 20ta gol yozdirib qo‘ygandi.
Qizig‘i, mavsum arafasida bu futbolchi «Atletik», «Real» hamda «Arenas»dan tushgan takliflarning birini tanlashi kerak edi. Yakunda esa bilbaolik og‘aynisi Ramun Lafuentening maslahatiga quloq soldi.
«PERUDJA», 1978|1979
Bugungi ro‘yxatimizda alohida o‘rin tutuvchi jamoa. Gap shundaki, «Perudja» chempionatdagi 30ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, finishda 2-o‘rinni egalladi. Sababi - 11ta g‘alaba va 19ta durang qayd etildi va buning natijasida «Milan» 3 ochkoga o‘zib ketib, chempionlikni rasmiylashtirdi.
Garchi «rossoneri» 3 marta yutqazgan bo‘lsada, qatorasiga 17ta bahsda g‘alaba nashidasini surgandi. U paytlardagi «Perudja» himoyadagi tartibli o‘yini bilan nom qozongandi - mazkur klub kiperlari o‘sha mavsum o‘z darvozalaridan atigi 16ta to‘p olib chiqishgandi.
Yosh murabbiy Ilario Kastanyer 1-3-2-3-1 taktik sxemasini tanlashi oqibatida raqiblardan bir nechta qavatli mudofaani yorib o‘tish talab etilardi. Muammoli chiziq sifatida hujumni ko‘rsatish mumkin: 34ta gol - o‘sha chempionatdagi 6-ko‘rsatkich, klubning eng yaxshi to‘purari nomi esa 9ta to‘p kiritgan Valter Spedjioringa nasib qilgandi.
«Perudja» navbatdagi mavsum katta parvozga shaylanayotgan Paolo Rossini safga qo‘shib oldi, ammo keyinchalik jamoa chempionlik kurashiga qo‘shilishni uddalay olmadi.
«MILAN», 1991|1992
Qatorasiga uch marta qabul qilingan «tarsaki»dan so‘ng (dastlab «Inter», so‘ngra «Napoli» va «Sampdoriya»dan) Silvio Berluskoni skudettoni «Milan»ga qaytarish uchun bor kuchini safarbar qilishga va’da berdi.
80-yillar oxirida ketma-ket ikki marta Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritgan jamoa yangilanishga ehtiyoj sezardi - Italiyaning eng qudratli kishisi esa yechimni transfer bozoridan emas, maydon chetidan topdi. «Rossoneri»ga ustozlik qilgan Arrigo Sakkining o‘rnini Fabio Kapello egalladi.
«Milan» va «Roma»ning sobiq futbolchisi tarkibdagilarning bir-birini yaxshi tushunishiga katta e’tibor qaratib, himoyani mustahkamladi, oldinda van Bastenning nimadir o‘ylab topishiga umid qildi.
Marko ishonchni oqlab, chempionatda 25ta gol urdi, Maldini - Barezi - Kostakurta - Tassottidan iborat kvartet esa darvozabon Rossining birin-ketin «quruq» o‘yin qayd etishida ko‘maklashdi. Mavsum boshidagi o‘yinlar o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tadi: 3-5-turlar oralig‘ida Kapello shogirdlari so‘nggi daqiqalarda gol urib, vaziyatni o‘nglashdi.
Bu o‘rinda raqiblar autsayder emasdi: «Yuventus» (Karreraning avtogoli, 90), «Fiorentina» (van Basten, 86) va «Jenoa» (van Basten, 85). Bunday start jamoaga ishonch bag‘ishladi va keyinchalik hammasi yengilroq kechdi.
«REAL», 1931|1932
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.