Ispaniya hamda Shimoliy Irlandiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasida Yevropa chempionati saralash o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur o‘yinda ispaniyalik futbolchilar 5:3 hisobida zafar quchishdi. “Real” hujumchisi Borxa Mayoral ispanlar safida xet-trik muallifiga aylandi. Ispanlarning qolgan 2 ta goliga “Real Sosyedad” hujumchisi Mikel Oyarsabal mualliflik qildi.













