“Real” a’zosi Garet Beyl “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqchi emas. Bunga Joze Mourinyo sababchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Beylga Mourinyoning futbolchilarni matbuotda tinimsiz tanqid qilishi yoqmaydi. U portugaliyalik mutaxassisning yoqimsiz xarakteri tufayli u bilan ishlamoqchi emasligini aytgan.