Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Futbol olamidagi siz bilmaydigan antiqa atamalar

Futbol olamidagi siz bilmaydigan antiqa atamalar

Baho:
+ | -

Futbol olamida uchrab turadigan «xavbek», «korner», «vinger» kabi iboralarni kimningdir ko‘magisiz fahmlay olamiz.

Lekin zamona zayli bilan paydo bo‘layotgan ayrim xorijiy atamalar ham borki, ularning mag‘zini chaqish unchalik oson emas. Marhamat, shu tarzdagi qiziqarli atamalar bilan tanishing.

Avtobus - faqat himoyaga mo‘ljallangan taktika. Futbol olamiga bu ibora Joze Mourinyo orqali kirib kelgan, degan fikr xayolingizdan o‘tgan bo‘lsa, topqirligingizga tasanno.

Darhaqiqat, portugaliyalik mutaxassisning jamoalari o‘z jarima maydonchalari atrofiga to‘planib, raqib hujumchilariga bir qarich ham bo‘sh hudud qoldirmaganliklariga guvoh bo‘lganmiz.

«Avtobus» iborasidan Joze ilk marta 2004 yili «Portu»ga ustozlik qilgan davrida himoyaviy taktikani izohlashda foydalangandi. Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin «avtobus» mashhur bo‘lib ketdi.

«Chelsi»- «Tottenxem» (0:0) bellashuvidan keyin «Benazir» shunday degandi: «Portugaliyaliklartilibilanaytganda, «Tottenxem» o‘zibilanavtobusolibkeldivaunidarvozagatiqibqo‘ydi.

Stadiongakirishuchun 50 funtsarflaganmuxliso‘rnidabo‘lganimda, «taqachilar»ningbuqilmishidanqattiqranjiganbo‘lardim. Bu oqshom faqat bir jamoa g‘alaba uchun kurashdi, ikkinchisi esa faqat gol qo‘yib yubormaslikni o‘yladi. Kim nima desa deyaversin, ammo bu halol o‘yin emas!».

Banka - zaxira o‘rindig‘i

Bu atama dengizchilar sharofati bilan futbolga kirib kelganligining ehtimoli juda yuqori. Ular millionlar o‘yinining asosiy targ‘ibotchilari bo‘lishgan va suv yo‘llari orqali sayyoramizga tarqatishgan.

Banka - dengizchilar qayig‘ida o‘rindiq vazifasini bajaradigan taxta. Shuningdek, akademik eshkak eshuvchilar qayig‘idagi harakatlanib turuvchi o‘rindiq ham banka deyiladi.

To‘qqizlik, uchlik, oltilik - darvozaning yuqori, o‘rta va quyi burchaklari

Mashg‘ulotlar paytida futbolchilarni darvozaning turli nuqtalariga zarba yo‘llashga o‘rgatayotgan murabbiy uni ma’lum hududlarga ajratib chiqqan.

«To‘qqizlik» - yuqori burchak, «Oltilik» - quyi, «Uchlik» - o‘rta burchak. Darvoza shartli ravishda 9ta kvadratga bo‘lingan - har birida uchtadan kvadrati bo‘lgan 3 qator kvadratlar 1dan 9gacha bo‘lgan raqamlar bilan belgilanadi.

Raqamlarning katta-kichikligi kvadratning murakkablik darajasini ko‘rsatadi. Shu tariqa futbolchilarning kvadratlarga yo‘llagan zarbalari baholab boriladi.

Bisikleta - to‘pni o‘z ustidan oshirib zarba berish

Bu maftunkor uslubni kim ixtiro etganligi xususida rasmiy ma’lumot mavjud emas. Ko‘pchilik mutaxassislar bunday zarbani ilk marta braziliyalik Leonidas amalga oshirganini ta’kidlashadi.

Bisikleta, ya’ni velosiped iborasi ham Braziliyada birinchi bo‘lib futbol atamalari orasidan joy olgan. Darhaqiqat, to‘pga zarba berish chog‘ida futbolchining oyoqlari velosiped pedalini aylantirayotgandek harakatlanadi.

Gorchichnik - sariq kartochka

Kishilarga shamollash xastaligidan forig‘ bo‘lishga yordam beradigan shifobaxsh qog‘ozning rangi sariq. Foydalanish chog‘ida u bemorning badanini qizdirib, noxush hissiyotlarni uyg‘otadi. Hakam tomonidan ogohlantirilgan futbolchi ham o‘yin qoidasini buzgani uchun shunday jazoga munosib, deb hisoblanadi.

Katenachcho - himoyaviy taktika

Italiya futbolining o‘ziga xos xususiyati va futbol taktikasidagi muayyan davr. Asosiy e’tiborni himoyaga qaratish va bu yo‘lda yengil qoidabuzarliklardan foydalanish evaziga «Inter» Elenio Errera rahbarligida o‘tgan asrning 60-yillarida Yevropada hukmronlik qilgandi. Katenachcho iborasi italyan tilida eshik zulfini, ochib bo‘lmaydigan eshik ma’nolarini anglatadi.

Dribling - fintlar seriyasi

Inglizcha dribble iborasi to‘pni olib yurish ma’nosini anglatadi. Biroq u futbol atamalari orasidan sun’iy ravishda joy olgan. Oksford lug‘atidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ibora XVI asrda paydo bo‘lgan.

U tomchi, tomchilamoq ma’nolarini anglatadi. To‘p bilan muomala qilayotganda futbolchining qadamlar tezligi o‘zgarib turadi va shu jihati bilan tomchini eslatadi

G‘uruq varaq - burchak zarbasidan gol urish

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:27, 26.03.2018.
O'qildi: 11944 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик