Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messi va boshqa 7 afsona uchun so‘nggi mundial

Messi va boshqa 7 afsona uchun so‘nggi mundial

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati har 4 yilda bir o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Shuning uchun biz muxlislar kabi futbolchilar ham uni intiqlik bilan kutadi. Ba’zi futbolchilar unda bir bor ishtirok etishni orzu qilishsa, boshqalari uning ta’mini totib o‘rganib qolishgan, ammo har safar uni o‘zgacha zavq bilan qarshi olishadi. Rossiyadagi mundial juda ko‘pchilik futbolchilar uchun faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishi aniq. Kimdir keyingi mundialgacha futbol uchun qarilik qilib qolsa, yana kimdir o‘z termasi bilan qatnashish imkoniyatidan foydalana olmaydi.

Buffon o‘z vatandoshining o‘limidan keyin termaga qaytishini e’lon qildi. U uchun bu mundial so‘nggisi bo‘ladi, garchi ishtirok eta olmasa ham. Bu aniq. Futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan quyidagi futbolchilarni biz mundialda so‘nggi bor kuzatayotgan bo‘lishimiz mumkin.

Xavyer Ernandes «Chicharito»

Meksikaning asosiy hujumchisi 30 yoshga to‘ldi. U hozirgacha 99 o‘yinda 49 ta gol urdi. Har ikki o‘yinda bir gol urayotgan hujumchi keyingi mundialda 34 yoshda bo‘ladi. Bu yosh bilan ham qatnashishi mumkin bo‘lgan futbolchi 4 yildan so‘ng qanday holatga keladi? Hozirdanoq faoliyatida pastga «sho‘ng‘ish» kuzatilayotgan hujumchi o‘zining bor imkoniyatini Rossiya maydonlarida ishga solishiga ishonch bildiramiz.

OlivYE Jiru

«Chelsi»ning yangi hujumchisi o‘z vaqtida «Arsenal»da yorqin o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy egallab ulgurgan edi. Hozirda esa u tajribali futbolchiga aylandi. Fransuz hujumchisi uchun munosib o‘rinbosar tarbiyalanmoqda – Kilian Mbappe. London klubi hujumchisi uchun ham Qatar maydonlari armon bo‘lishi aniq. Aleksandr Lyakazett, Antuan Grizman, Kilian Mbappe kabi yosh futbolchilar Fransiyaning kelajagi hisoblanadi.

Jo Xart

Ajoyib darvozabon ham 31 yoshga to‘ldi. Uning Angliya terma jamoasidagi ishonchli o‘yinlari doim yodimizda. Hozirda yorqin o‘yin ko‘rsatmayotgan bo‘lsada, sobiq «shaharliklar» vakili Rossiyaga borish ehtimoli yuqori, ammo Qatar maydonlarida o‘tishi rejalashtirilgan musobaqada inglizlar boshqa darvozabonni olishlari aniq.

Edison Kavani

Luis Suares va Edison Kavani hozirda Urugvay terma jamoasining asosiy ishonchli vakillaridan biri. Kavanining terma jamoadagi o‘yinlari soni 100lik dovondan oshdi. Uning bu paytgacha urgan gollar soni 40 ta. Suares va Kavani juftligi bu yilgi jahon chempionatida eng kuchlilardan biri deb e’tirof etilmoqda. Arab mamlakatlaridan birida o‘tajak o‘yinlargacha Kavanining yoshi ham 35 ga yetadi. Keyingi mundialdan umid qolmaganini bilgan bu yil oltin medallar uchun kurashsa ajab emas.

Dani Alvesh

Jahon chempionati oldidan Alvesh 35 yoshni qarshilaydi. Braziliya termasi o‘yinchisi PSJ jamoasida ajoyib o‘yinlarni namoyish etmoqda. Tezlik va maydondagi xatti-harakatlaridan hech kim uning yoshini taxmin qilib topa olmaydi.

Har doimgidek Braziliya bu yil ham juda kuchli tarkib bilan «Ivan Vasiliyevich» yurtiga yo‘l olmoqda. Braziliya Germaniyadan olingan alamli mag‘lubiyatni esdan chiqarib, futbol «qirollari» yetishtirib chiqarishda tinmayotgan davlatning muxlislarini xursand qilishga harakat qiladi.

Andreas Inyesta

Inyesta Rossiya maydonlarida o‘ynashini umid qilamiz. Futbol afsonalaridan biri 33 yoshni qarshilagan. U o‘yinlarni so‘nggi daqiqalargacha davom ettira olmayotgani biroz tashvishli, biroq «Maestro» maydonda bir daqiqa harakatlanib ham o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuboradigan futbolchilar sirasiga kiradi.

Inyestaning jismoniy holati «Qatar-2022» da qatnashish imkoniyatini bermaydi.

Zlatan Ibragimovich  Davomi Futbol olami blogida

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:39, 29.03.2018.
O'qildi: 17902 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.