Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Superliga: “Navbahor” - “Nasaf”. Prevyu

Superliga: “Navbahor” - “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

5-7 aprel kunlari mamlakatimiz milliy chempionati, Superliganing 5-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bu turda "Nasaf" safarda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Mazkur jamoalar chempionatimizdagi o‘zaro 43-uchrashuvida maydonga tushishadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 5-tur

“Navbahor” (Namangan) – “Nasaf” (Qarshi)

07.04.2018. “Markaziy" stadion. 20:00da

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent).

Nazoratchi:  Sayfiddin Ermatov (Toshkent).

Komissar: Baxtiyor Namozov.

 

 

 

O‘zaro uchrashuvlarga oid ma’lumotlar

 

Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo‘lgan. Jamoamiz o‘tgan yilgi chempionatda “Navbahor”ni o‘z maydonida 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Namangandagi uchrashuvda esa kichik 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi o‘zaro 43-o‘yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 42 bor o‘zaro kuch sinashishgan. 22 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. 11ta o‘yinda “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 60-75 “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 42 ochkoni, “Nasaf” esa 75 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida eng yirik 6:0 hisobi,  Namanganda va Qarshida ham qayd etilgan.

 

Namanganda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar haqida

Mazkur jamoalar bungacha Namanganda 21 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o‘zaro 22-uchrashuv bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan 21ta uchrashuvning 9tasida “Navbahor” g‘alabaga erishgan. 4tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan. 8 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Namangandagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga 66ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 42-24 “Navbahor" foydasiga.

“Nasaf” Namangandan so‘nggi bor 2013 yili uch ochko bilan qaytgan. Namangandagi o‘tgan yilgi o‘zaro uchrashuvda “Navbahor” kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. 2001 yili Namanganda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvda darvozalarga eng ko‘p,  sakkizta to‘p kiritilgan. Bu uchrashuvda “Navbahor” 6:2 hisobida g‘alabaga erishgan.  

Namangandagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

25.11.2017. “Navbahor” - “Nasaf”  1:0

11.06.2016. “Navbahor” - “Nasaf”  2:2

10.05.2015. “Navbahor” - “Nasaf”  1:1

06.04.2014. “Navbahor” - “Nasaf”  1:0

30.03.2013. “Naavbahor” - “Nasaf” 1:2

 

Jamoalar bu yilgi chempionatda qanday ishtirok etishmoqda?

“Navbahor” jamoasi o‘tgan to‘rt uchrashuvning 2tasida g‘alaba, 1 uchrashuvda durang va yana bir uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plagan ochkolari soni 7taga teng. Hozircha turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etgan. Raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qilib, o‘z darvozalaridan 2ta to‘p olib chiqishgan.

“Nasaf” jamoamiz o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvning 2tasida g‘alaba va yana 2 uchrashuvda durang qayd etgan. 8 ochko bilan jadvalning 3-pog‘onasida bormoqda. Futbolchilarimiz raqiblari darvozasini 6 marta ishg‘ol qilishib, o‘z darvozasidan esa 3ta to‘p olib chiqishgan.

Jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi 5-tur uchrashuvi, 6 aprel juma kuni Uychi markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:10, 05.04.2018.
O'qildi: 3847 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.