“Barselona” a’zosi, ayni damda “Inter”da ijara asosida o‘ynayotgan yarim himoyachi Rafinya Alkantara kelajagi borasida bir qarorga keldi.
“Mundo Deportivo”ning yozishicha, 25 yoshli futbolchi “Barselona”ga qaytmoqchi emas, “Inter”da o‘ynashda davom etmoqchi. O‘z navbatida Milan klubi Alkantarani ijaraga muddati tugagach sotib olish huquqiga ega. Futbolchining narxi 40 mln yevroga teng.