Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Andrey Fyodorov: «Juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik»

Andrey Fyodorov: «Juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

2:0 hisobida yakunlangan "Lokomotiv" – "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" jamoasining yangi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov bilan birgalikda ishtirok etdi:

- Men "Lokomotiv" jamoasining bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandim. Bu mas’uliyatli vazifani bajarishda bor salohiyatimni ishga solishim talab etiladi. Zero ilgari boshqargan jamoam bilan solishtirganda hozirgisi oldiga ulkan maqsadlar qo‘yiladi.  Qolaversa, tarkibda yig‘ilgan futbolchilar ham ancha mahoratli. Shuning uchun ham mendan yanada ko‘proq shijoat bilan mehnat qilish talab etiladi.

Bugungi o‘yinga yigitlarni asosan ruhiy jihatdan tayyorlashga urindik. Zero so‘nggi paytlarda o‘yinni yaxshi o‘tkazsak-da g‘alaba qozona olmayotgan edik. Shu boisdan ham bugungi g‘alaba juda zarur edi. Yigitlarga o‘yin oldidan bergan ko‘rsatmalarimizni bajarishdi, buning uchun ulardan mamnunman.

Tarkibimizda kattagina raqobat bor. Shu sababli ham yangi qo‘shilgan futbolchilarimizning ayrimlari hali boshlang‘ich tarkibdan muqim joy ola bilishmadi. Zero "Lokomotiv"ning ayni paytdagi tarkibi bir necha yildan buyon birgalikda o‘ynab, shakllanib ulgurgan. Unga yangi futbolchilarning to‘liq kirishib ketib, asosiy tarkibdan o‘z o‘rnini egallashi oson kechmaydi. Lekin ishonamanki, barcha yangi futbolchilarimiz hali o‘zlariga beriladigan imkoniyatdan unumli foydalanishadi.

Sadriddin Abdullayevning so‘nggi paytlarda maydonga tushmayotganiga sabab – u jarohatlangan edi. Sardorimiz jarohatdan to‘liq qutilsa, albatta yana boshlang‘ich tarkibda maydonga chiqadi. 

Bundan buyon "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman. Bu esa o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi. Lekin men hamisha yordamchilarim maslahatlariga ham quloq tutaman, - dedi tajribali mutaxassis.

- "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs oson o‘tgani yo‘q. Raqib ham bizga qo‘ldan kelgancha qarshilik ko‘rsatishga urindi. Lekin biz raqibdan ko‘ra ustun ekanimizni namoyish eta oldik va yakunda g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dirdik, - dedi Sardor Rashidov.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:37, 22.04.2018.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.