Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Germaniyadan taktik salom!

Germaniyadan taktik salom!

Baho:
+ | -

«Gamburg» bosh murabbiyligiga Kristian Tis tayinlanganidan so‘ng 3ta tur o‘tdiyu, ushbu mutaxassis barchani ajablantirishni boshlab yubordi.

Birinchi navbatda, «dinozavrlar»ning asosiy darvozaboni Kristian Mateniya zaxiraga olindi, vaholanki, u jamoadagi eng kuchsizlar sirasiga kirmasdi. Uning o‘rnini navqiron Yulian Pollersbek egallab, so‘nggi uchta o‘yinda o‘z jarima maydonchasi tashqarisida to‘p bilan muomala qilish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich qayd etishga ulgurdi.

Ya’ni, kiperlik vazifasi bir chetda qolib, asosan oldinroq pozisiyada o‘ynadi. O‘z navbatida, Yulian to‘p bilan muomala qilish bo‘yicha Roman Byurkini ortda qoldirib, Bundesligadagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Qolaversa, uzoq masofaga uzatma yo‘llash bo‘yicha hattoki, markaziy himoyachilar ham Pollersbekdan ortda qolishdi. Ushbu ma’lumotlardan keyin gap xuddi ikki turli futbolchilar haqida ketayotgandek tasavvur uyg‘onadi.

Yo‘q, Yulian kiperlik vazifasini ham a’lo darajada bajarib, zarur paytda himoyachi vazifasini ham o‘taydi.

Elitada «jon» saqlab qolishga intilayotgan «Gamburg» so‘nggi uchta turda 4 ochko to‘pladi, «Shalke»ni mag‘lubiyatga uchratib, muxlislariga umid bag‘ishladi.

Dastavval ko‘pchilik Tisni tentakka chiqardi: uning autsayder jamoada darvozabondan pleymeyker rolida foydalanishi muxlislarga yoqmadi. Ammo hozircha murabbiy tomonidan tanlangan strategiya qoniqarsiz holatni yuzaga keltirganicha yo‘q.

Asosiy g‘oya nimadan iborat?

«Gamburg» Tis boshchiligida o‘tgan dastlabki uchta o‘yinda to‘pni egallab turish borasida raqibidan ustunlikka erishdi, murabbiy esa hujumlarni tashkil etish jarayoniga maksimal darajada e’tiborli.

Aynan shu jihat Pollersbekning oldinroqda o‘ynashiga zamin yaratadi. Buning natijasida qanot himoyachilari oldinga intilib, vingerlar o‘rnida to‘p surishadi. Mazkur holatda uzoqdan yo‘llanadigan uzatmalar chog‘ida raqibning to‘rt himoyachisi to‘rt nafar hujumchini personal tarzda qo‘riqlashga majbur bo‘lishadi.

Hisob-kitobga ko‘ra, dastlab darvozabonning uzoqdan yo‘llagan uzatmasiga birinchi yetib borib, uni 1x1 vaziyatda turganlarga tashlab berish, so‘ngra vujudga keladigan imkoniyatdan foydalanish talab etiladi. Agar hujumchi himoyachini ortda qoldirsa, yo bo‘sh hududga chiqadi yoki yordamga kelib, bo‘sh hududda turgan sherigiga pas berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nazariy jihatdan yaxshi reja, ammo uni amalga oshirish uchun uzoq ishlashga to‘g‘ri keladi. Xavfli zonada turgan «Gamburg»ning esa vaqti ko‘p emas - natijada bo‘sh qolgan futbolchilar qaysi hududga ochilishni tushunib olishda qiynalishadi.

Bunday uslubda birinchi navbatda nimaga e’tibor qaratish kerak?

1. Tabiiyki, darvozabon oyoq bilan yaxshi o‘ynashi lozim - aynan shuning uchun Tis asosiy kiperni almashtirdi. Pollersbek bu borada Mateniyadan ustunroq ko‘rinmoqda.

2. Darvozabon-libero oddiy kiperdan bardoshliroq bo‘lishi kerak. Tez yugurish bo‘yicha Pollersbek maydondagi o‘yinchilardan qolishmaydi. So‘nggi himoyachi vazifasini bajaradigan darvozabonda esa boshlang‘ich tezlik yuqori bo‘lishi shart.

3. «Gamburg»ning har bir futbolchisi to‘pni oldirib qo‘yganda, kichik fol ishlatishga tayyor turishi darkor. Aks holda, raqib xavfli qarshi hujum uyushtirishi yoki maydon markazidan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin.

Muntazam ravishda shunday o‘ynash mumkinmi?

Ushbu savolga javob topish vazifasi, ehtimol, Bundesligada «jon» saqlab qolishga intilayotgan «Gamburg»ga tavsiya qilinadigan eng asosiy yumushlardan biridir. Tis tajribani davom ettirish kerakligiga ishonmoqda, Pollersbek esa yangi roliga ko‘nikdi.

«Murabbiyningg‘oyasimenito‘liqqanoatlantirmoqda, hamishao‘yinjarayonidabevositaqatnashadigandarvozabonbo‘lishniistaganman. O‘rganishdadavometaman, buo‘yinuslubinimukammallashtirib, shutariqauniidealholatgakeltirishniyatidaman», - deydi darvozabon.

Ammo baribir, muntazam ravishda bunday o‘ynash imkonsiz - chunki raqiblar o‘z darvozalariga xavf tug‘dirmayotgan kiperga pressing uyushtirishdan oldin vaziyatni yaxshilab tahlil qilishlari lozim. Ammo bu ish albatta bajariladi. Odatda, bunday uslub yutqazayotgani sababli har qanday tavakkalga tayyor turgan jamoalarga xos.

Jarayonning yana bir qiziq jihati

Pollersbek mashg‘ulotlar payti «Gamburg» bosh murabbiyi yordamchisi Mattias Kroyserdan tez-tez ko‘rsatma oladi: mutaxassis darvozabonga qanday harakatlanish lozimligini uqtiradi.

Qizig‘i, Kroyser kiperlar murabbiyi emas, boz ustiga, yuqori darajada futbol o‘ynamagan. U 10 yil mobaynida «dinozavrlar»ning birinchi va ikkinchi jamoalarida tahlilchi vazifasida ishlagan.

Endilikda esa nazariy g‘oyalarini amalda qo‘llamoqda. E’tiborlisi, Tis «Gamburg» uchun har bir ochko suv va havodek zarur bo‘lgan pallalarda ham Mattiasga to‘liq ishonmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:01, 23.04.2018.
O'qildi: 9116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.