Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ishonch (qissa, 8-qism)

Ishonch (qissa, 8-qism)

Baho:
+1 | -

Ertasidan boshlab yana mashg‘ulotlarga zo‘r berdik. Ular tugagach, ustozimiz bizni maydon chetiga o‘tqazdilar-da qisqacha gapirdilar:

— Mana turnirga ham 1 oy qolmoqda. Buyog‘iga hamma o‘zini jarohatlardan asrasin. Deyarli yarim yil mobaynida birga ter to‘kyapsizlar. Shuni esingizdan chiqarmang — bu shunchaki o‘yin. Lekin unda xarakter, mehnatsevarlik, kurashuvchanlik singari inson uchun kerakli xislatlar toblanadi. Men bu turnirda sizlardan g‘alaba talab qilmayman, faqat bir narsani xohlardim, o‘zingizni shunday tutingki, raqiblar sizdan hayiqib o‘ynashsin. Agar yutqazsangiz ham raqiblar hurmat bilan sizlarni maydondan kuzatib qo‘yishsin.
Ustozimiz qizishib gapirardilarda: — Qani endi hamma uy-uyiga jo‘nasin, — dedilar-da, sekin orqasidan Mirsodiqqa qarab:

— Uyingga qo‘ng‘iroq qilaman, kechroq borsak o‘zingdan o‘pkala, — deya burilib ketdilar. Ustozimizning qiziq odati bor edi. Mashg‘ulotlar tugagach, ba’zi birlarimizga kechroq qo‘ng‘iroq qilib, yetib olganimiz bilan qiziqar edilar.

To‘g‘risi, jamoadoshlarim bilan judayam yaqin bo‘lib ketdik, dars paytida ham, undan tashqarida ham biz bir oiladek edik. Lekin baribir birozgina muammolar ham yo‘q emas edi. Farhod va Hamiz hech ham chiqisha olishmas, ammo Hamizning o‘yinlari menga juda yoqardi. U jismoniy kuchidan juda unumli foydalanardi, raqibni gavdasi bilan yengib, tezligi evaziga qochib ketardi. Ustozimiz uni doim markaziy hujumda qo‘llardilar, biron marotaba ham boshqa pozisiyaga olmadilar, qolganlarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Hammadan ham ko‘proq menga joy topishda qiynaldilar. Jismoniy jihatdan biroz nimjonligim uchun himoyada ishonchsizman, qanotlarda o‘ynashga esa tezligim pastlik qiladi, markaziy hujumda bo‘lsa, bir emas ikkita hujumchimiz bor. Shunda ustozimiz meni yelkamga qoqib:

— Sen mening zaxiradagi “Joker”im bo‘lasan, — deya samimiy jilmayganlari haligacha ko‘zim oldida turadi...

Ertasidan mashg‘ulotlarimiz umuman boshqacha tus ola boshladi. Ustozimiz pastki sinfda o‘qiydigan bolalardan bir jamoa tuzib, bizni har kuni ularga qarshi 30 daqiqidan ikkita taym futbol o‘ynata boshladilar. Biz uchun atayin “Sparring” raqiblarni maktabdan saralab olganlarini aytmaysizmi?! Turnir boshlangunicha deyarli har kuni 1 soat futbol o‘ynardik. O‘yin tugagach esa, albatta maydon bo‘ylab 3 km yugurar edik. Ochig‘i, boshida hech qaysimiz buncha masofaga o‘yindan so‘ng yugura olmasak kerak, deb o‘ylagandik. Qayerda deysiz, shaxsan o‘zim birinchi safda yugurishni tugatdim. Shu tempda ishlashda davom etardik…

Turnir boshlanishiga, adashmasam, uch yoki to‘rt kun qolgan edi o‘shanda. Ustozimiz mashg‘ulotlarni o‘ztkazishdan oldin hammani yana o‘sha elektron taroziga chiqarib, birma-bir yozib oldilar. Ishonasizlarmi, hamamiz vazn qo‘shgan edik. Kimdir 3 kg , kimdir 5 kg, yana kimdir 2kg dan. Kamina ham kamtarona bo‘lsa ham 3 kilo qo‘shibman. Ustozimiz astoydil xursand bo‘ldilar. So‘ng hammaga tan-tanali ohangda:

— Ertaga — shanba, mashg‘ulotlaridan so‘ng tog‘ga chiqamiz. Hammangiz issiqroq kiyimlaringizni olib oling. Pul masalasida esa kim qancha olib chiqa olsa, shuncha olib chiqsin. Idish-tovoq, ko‘rpa-to‘shak deganday hamma o‘zini extiyojini o‘zi olib chiqsin. Ertaga mashg‘ulotlardan so‘ng shu yerda yig‘ilib ketamiz. Hech qanday bahonalar o‘tmaydi. Hamma borishi shart. Kimning uyidagilar bilan muammosi bo‘lsa, menga aytsin, men o‘zim ota-onasiga tushuntiraman. Hammaga tushunarlimi?— deya ovozlarini balandlatdilar. Hamma “Ha-a”, — deya ma’qulladi.

Ustozimiz xayrlashib yana indamay burilib ketdilar. Biz ham ertangi kun bo‘ladigan sayohatni xayolan tasavvur qilib, entikib qo‘yamiz. Hamma bir-biriga gap bermay ketdi. Kimdir baliq ovlaydigan qarmog‘ini olib olishini aytsa, yana kimdir sport raketkasini olib chiqishini aytib maqtanadi. Men ham ora-orada gapga aralashib qo‘yaman. Faqat Hamiz har doimgidek jim o‘tirardi. Bilishim bo‘yicha sinfimizdagi Guli uchun Farhod ikkalasi anchadan beri olishib kelisharkan. Qizig‘i shundaki, Gulruh ularning ikkalasini ham pisanda qilmasdi. Lekin bu shovvozlar esa jo‘jaxo‘rozdek bir-birini cho‘qilishgani-cho‘qilashgan. Lekin jamoa bo‘lib shug‘ullanayotganimizdan beri hali biron marta gaplari qochmadi. Ustozimiz ularni hecham bir-biriga qarshi bo‘lishga imkoniyat qoldirmadi. Doim ikkalasi ham birdek ko‘rardilar. Hamiz endi qo‘shilgan paytlarida, ustozimiz uning mashg‘ulotda dadasining yangi olgan mashinasi haqida to‘lqinlanib gapirayotganini eshitib qolib, uni qattiq tergagan edilar. O‘zing erishmagan narsa bilan nega maqtanasan deya. O‘shanda ustozimizni nega bunday qilyaptilar deya tushunmagan edim. Keyin bilsam bizni ko‘nglimiz o‘ksimasligini xohlagan ekanlar. Oramizda otasi yo‘q yigitlar bir necha edi…

Kechki salqinda hammamiz mashg‘ulotdan so‘ng yo‘lga tushmoqchi edik. Mashg‘ulotlarimiz tugagach, negadir Farhod yo‘q bo‘lib qoldi. Ustozimiz Ixtiyorning ko‘zlariga tikilib qaradi-da:

— O‘rtog‘ing nega ketib qoldi?— dedi.
Ixtiyor kalovlanib “bilmadim”— deya qo‘li bilan peshonasini tirishtirib ishqaladi.  Ustozimiz esa:
— Ayt, deyapman, nima sababdan ketib qoldi — deya unga qattiqroq tikildilar.
Ixtiyor istar-istamas:
— Pul topa olmapti, birovni puliga bormayman deya qaysarlik qilib ketib qoldi — deb o‘ng‘aysizlandi.
Ustozimiz darhol soatlariga qaradilar-da:
— Elektrichkaga yana bir soat bor ekan. Uyi qayerda uni?, - deya so‘radilar. Bolalarning aytishicha uncha uzoq emas ekan. Hammamiz jim bo‘lib qoldik.
— Qani ketdik, yo‘l boshlanglar, uni uyidan olib ketamiz, — deb oldinga odimladilar.

Farhodlarning uyi shundoqqina maktab orqasidagi ko‘p qavatli umumiy turar joyda ekan. Sinfdoshlarim “Farhod” deya baqirishdi. Shunda 5-qavatning oynasi ochildi-yu, Farhodning boshi ko‘rindi. U qo‘li bilan hozir ishorasini qildi-yu, bir zumda pastga tushdi. Bizni ko‘rib o‘ng‘aysizlandi shekilli, xijolat bo‘lib kelinglar, deya sekin yaqin keldi. Ustozimiz bo‘lsa unga tikilib qaradi-da:

— Uyda kim bor— deya dangal gapirdilar. U “oyim” dedi. Ustozimiz — qani bir suhbatlarini olaylikchi, — deya Farhod bilan yuqoriga chiqib ketishdi. Biz taxminan 10 daqiqa ham kutmadik. Ustozimiz Farhodni yetaklab tushdilar. Biz mana endi to‘liq tarkibda jam bo‘ldik, poyezdimizga zo‘rg‘a ilinib oldik.

Poyezd relsining bir tempdagi taqir-tuqur ovozida poyezd kupesida to‘liq jamoa bo‘lib hamma uyidan olib kelgan narsalarni o‘rtaga tashlab bo‘lishib yeb ketganimiz, orada qiy-chuv qilib bir-birimizga gap bermay kelganimiz, ustozimizning dam-badam shodon kulgulari hamma-hammasi oradan yillar o‘tib ketgan bo‘lsa ham shundoqina esimda. O‘sha kuni biz Xo‘jakentda poyezddan tushib qoldik. Ustozimizning u yerda kursdoshlari yashar ekan. U bizni kutib oldida dala hovlisiga olib borib o‘zi qaytdi. Biz joylashgunimizcha kech kirib qoldi. Xayriddin aka o‘choqqa o‘tin qalab, qozonga sho‘rva soldilar. Hammamiz o‘choq boshida aylana bo‘lib o‘tirdik.

— Bu yerda kunlari issiq, tunlari yaxshigina sovuq bo‘ladi deb eshitgandim rost ekan-a, — deb qo‘llarini o‘choqqa tutdilar-da, sekin bizga jilmayib qarab, sho‘rvani cho‘mich bilan aralashtirdilar. Sho‘rvani hidlab, xuddi chollardek “bay-bay” deb qo‘ydilar. Bilasizmi, o‘sha kuni hammamizning kayfimiz chog‘ edi. Shundoqqina tog‘ning tagida, musaffo havo, ajoyib tabiat qo‘ynida tunda gulxan atrofida sinfdoshlar bilan miriqib gaplashib o‘tribmiz. O‘rtada qozonda xushbo‘y sho‘rvamiz biqillab qaynab turibdi…

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Davomi bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:38, 24.04.2018.
O'qildi: 4682 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.