Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun to‘p ko‘proq havoda bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun to‘p ko‘proq havoda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«AGMK»-«Nasaf» uchrashuvi yakunlangach matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan, himochi Igor Golban ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: — Bugun to‘p ko‘proq maydonda emas havoda bo‘ldi. «AGMK» jamoasini o‘yinlarini o‘rganganimizda shu narsaga guvoh bo‘ldikki, jamoa standart vaziyatlardan yaxshi foydalanadi. Futbolchilari maydon chetidan to‘pni uzoqqa oshirib bera oladi. Biz bu haqda yigitlarga uqtirgan edik. Futbolchilarimiz bugun bunaqa vaziyatlarda bexato o‘ynashdi. Ammo biz o‘zimiz yaratgan vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Mana to‘rt o‘yinda 0-0 hisobini qayd etdik. Go‘yoki biz hujumchisiz o‘ynayotgandekmiz. Futbolda gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bu bizning kamchiligimiz. Bunga endi jiddiy e’tibor qaratmasak bo‘lmaydi.

Moliyaviy qiyinchilik? Bu haqiqat. Biz buni boshdan kechirayapmiz. Ammo «Nasaf»dek klub bunday ahvolga tashlab qo‘yilmaydi. Rahbarlarimiz bu vaziyatdan chiqib ketish ustida bosh qotirishayapti. Bu holat vaqtinchalik hammasi izga tushib ketadi, deb o‘ylayman.

Igor Golban: — Maydonda yaxshi harakat qilayapmiz. Ammo tashkil etgan hujumlarimizni golga aylantirishda oqsayapmiz. Bu kamchiligimiz ustida ko‘proq ishlashimiz kerak. Umid qilaman keyingi o‘yinlarimizda bunday bo‘lmaydi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:36, 26.04.2018.
O'qildi: 3329 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик