"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayollar futbol jamoasi haqidagi serial suratga olinishida qatnashadi.
Ronaldu Facebook suratga olayotgan loyihaning ijrochi prodyuseri bo‘ladi. Serail voqealari Nyu-York shtatining maktablaridan birida bo‘lib o‘tadi (AQSH).
"Bo‘sh vaqtimda teleko‘rsatuvlar tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Bu shouda ijrochi prodyuser bo‘lish men uchun o‘zgacha tajriba bo‘ladi", - deydi Ronaldu.