Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Igor Yelich: «Lokomotiv» hali 1-pog‘onaga qaytadi»

Igor Yelich: «Lokomotiv» hali 1-pog‘onaga qaytadi»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi 12-turda “Qizilqum”ga qarshi bahs yuritadi. Ikkinchi davraning ilk o‘yini bo‘lgani bois “temiryo‘lchilar” jamoasi mazkur qarama-qarshilikka ancha jiddiy hozirlik jarayoni olib bordi. 

“Lokomotiv” himoyachisi Igor Yelich o‘yin oldidan klub rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- “Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvga ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘z maydonimizda ishqibozlarimiz qarshisida to‘p suramiz. To‘g‘ri, o‘yin oson o‘tmasligi tayin. Lekin 3 ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan ekanmiz, maydonda borimizni berishimiz shart. Bundan buyon xato qilishga haqqimiz yo‘q. Zero mavsum boshida xalqaro maydonda ham o‘yinlarimiz borligi sababli ba’zi uchrashuvlarda ko‘zlangan maqsadga yeta olmadik. Biroq endi barchasi o‘z o‘rniga tushmoqda. Hali “Lokomotiv” o‘z muxlislarini chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etadi va albatta 1-pog‘onaga qaytadi, - dedi mahoratli himoyachi klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:30, 22.05.2018.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик