Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Germaniya chempionati-2017|2018ning asosiy faktlari

Germaniya chempionati-2017|2018ning asosiy faktlari

Baho:
+1 | -

Nemis futbolining navbatdagi mavsumi ham katta «sensasiya»siz poyoniga yetdi. Chin «gegemon» - «Bavariya» garchi silliq start olmagan bo‘lsada, yakunda barchasini o‘z izmiga «bo‘ysindirib», yana «Kumush lagan» sohibiga aylandi.

Lekin bu holatga qarab, Bundesligaga «zerikarli birinchilik» ta’rifini ishlatish yaramaydi aslo. Chunonchi, mavsum hosilasida yana bir qator ahamiyatli faktlar yuzaga keldiki, ular ko‘pchilikni qiziqtirishi tayin.

Demak, bombardir.ru sayti ma’lumotlari asosida bundesmanzaraning yakuniy ko‘rinishiga birrov nazar solamiz.

  «Gamburg» tarixda ilk marta Bundesliga ro‘yxatidan chetda qoladigan bo‘ldi. Gamburglik fanatlar oxirgi tur o‘yinidan so‘ng bor alamlarini to‘kib sochishdi - stadionni «buzishdi», futbolchilarga o‘z bisotlaridagi eng dahshatli «rahmatnoma»larni ravo ko‘rishdi.

Tarixi boy jamoaning tanazzuliga nima sabab bo‘ldi, nega shunday holat ro‘y berdi? «Gamburg» taqdiriga shu kunlarni ko‘rish yozilgan ekan, boshidan hammasi chappasiga ketdi.

Mana, eng g‘alati faktlardan biri: jamoa yetakchisi Nikolay Myuller mavsum bo‘yi atigi 2 marta maydonga tushdi. Sabab - futbolchi golni nishonlashda ehtiyotsizlik qilib, noqulay yiqildi va naq 7 oyga safdan chiqdi.

  «Xoffenxaym» o‘z tarixida ilk bora Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Yosh murabbiy Yulian Nagelsmann shakllantirgan ishtiyoqli jamoa barchani ajablantirishda davom etyapti. Avvaliga murabbiyning o‘zi ko‘zga tashlandi, keyin uning shogirdlari ham birin-ketin e’tibor markaziga tusha boshlashdi.

Marko Ut - «Xoffenxaym»ning eng yaxshi to‘purari. Biroq joriy mavsum 14ta gol muallifiga aylangan hujumchi yozda «Shalke» safiga qo‘shiladi. Bu masala qishda hal qilingandi.

  Robert Levandovski yana Bundesliganing bosh to‘purari bo‘ldi. Polshalik hujumchi bu safar o‘z nomiga 29ta gol yozib qo‘yib, poyga bo‘yicha ta’qibchilarini chang-to‘zon ichida qoldirdi. Har holda, liganing ikkinchi raqamli to‘purari - Nils Petersen 15ta gol bilan cheklandi.

To‘g‘ri, bunday katta farq yuzaga kelmasdi, agarda Levagolning oxirgi yillardagi asosiy raqobatchisi - Pyer-Emerik Obameyang qishda Angliyaga yo‘l olmaganida. Fakt shuki, Levandovski shu bilan Bundesliga tarixiga kirdi. U Germaniya elit divizionida bosh to‘purarga atalgan sovrinni 3 marta yutgan birinchi legionerga aylandi.

«Bavariya» esa oxirgi turda o‘z maydonida «Shtutgart»ga 1:4 hisobida yutqazdi. E’tiborli jihati, myunxenliklar so‘nggi 10 yil badaliga Bundesliga doirasidagi uy o‘yinlarida biror marta 4ta gol qo‘yib yubormagan edilar. Shundan natija chempionga yarashadimi?

  «Kyoln» oxirgi 20 yil ichida Bundesliga bilan 6-marta xayrlashdi. Bir qarashda, ajablanadigan tomoni yo‘q, ammo jamoa binoyidek tarkibga ega edi. Misol uchun, «echkilar» safida Germaniya termasi himoyachisi Yonas Xektor bor. Qolaversa, darvozabon Timo Xorn ham ancha malakali.

U xuddi Xektor kabi jamoadan ketmasligini e’lon qildi. «Kyoln»ning qorli o‘yinini alohida esga olish joiz. Zero, autsayder jamoa «Frayburg»ga qarshi bahsda avvaliga 3ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan, lekin yakunda mag‘lubiyatni tan olgandi.

  «Bayer» Cheimpionlar Ligasi yo‘llanmasisiz qoldi, garchi «Xoffenxaym» va «Borussiya» D. bilan teng miqdorda ochko to‘plagan bo‘lsada. Birgina o‘yin tufayli Leverkuzen klubini chempionatning eng «sarxush» ishtirokchisi sifatida ta’riflash mumkin.

Jamoa «Gannover»­ga qarshi bahsda to‘liq ustunlikka erishib, yakunda 4:4 hisobiga ko‘ndi. Vaholanki, «dorishunoslar» ikki hissa ko‘p gol urishlari mumkin edi. Darvoqe, Leon Beyli aynan shu uchrashuvdagi harakatlari bilan Yevropaning barcha top-klublarida qiziqish uyg‘otdi. «Bayer» bosh murabbiyi - Xayko Xerrlix esa shunchaki, kalaka ostida qoldi.

U jamoasi chempionat o‘yinida «Bavariya» oldida mutlaqo ojiz qolganini baralla tan oldi, kubok doirasidagi uchrashuvda esa simulyasiya ishlatgani uchun 12 ming yevro miqdorida jarima to‘ladi. Qanaqa simulyasiya? O‘yin payti raqib futbolchisi maydon chetida turgan murabbiyni yengilgina turtgach, u kuchli zarba qabul qilgandek yerga «quladi».

  «Ayntraxt»ning faxriy futbolchilari mavsum davomida yaxshi sport formasida ekanliklarini ko‘z-ko‘z qilishdi. Bosh murabbiy Niko Kovach so‘nggi qadamgacha jamoani yevrokuboklar zonasi tomon yetakladi.

Garchi klub bu kurashda maqsadiga erishmagan bo‘lsada, murabbiy «Bavariya» taklifiga munosib ko‘rildi. Aytgancha, «Ayntraxt» rahbariyati myunxenliklarga oshkora e’tiroz bildirdi. Gap shundaki, ular Kovach bilan shartnoma tuzishganini mavsum oxirigacha sir tutishlari kerak edi...

  Butun mavsum chempion «Bavariya» darvozasini Sven Ulrayx qo‘riqladi. Ya’ni Manuel Noyer og‘ir jarohatdan so‘ng hamon to‘liq tiklanmadi va hattoki, jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Xullas, Ulrayx bosh rolga ko‘tarilib, 29ta o‘yinda 26ta gol qo‘yib yubordi.

Bunga javoban «Bavariya» o‘rtadagi shartnoma muddatini 2021 yilgacha uzaytirdi, Yoaxim Lyov esa Svenni Germaniya termasiga nomzod kiperlar qatoriga qo‘shdi. Diqqatni tortadigan tomoni, Ulrayx bir yilcha oldin ham chuqur zaxirada edi va «Bavariya» o‘yinlarini asosan tomoshabin sifatida kuzatardi.

  Dortmund «Borussiya»si - mavsumning eng g‘alati jamoasi. Dortmundliklar chempionat davomida Peter Boshni iste’foga chiqarishdi, bosh goleador Pyer-Emerik Obameyangni boshqa klubga qo‘yib yuborishdi. Futbolchilar esa o‘ta beqaror o‘ynashdi.

Mana, yangi murabbiy Peter Shteger ham jamoadan ketishini e’lon qilib ulgurdi. Umuman, «Borussiya» qandaydir mo‘’jiza tufayli Chempionlar Ligasi chiptasiga ega bo‘ldi.

Qarang, jamoa oxirgi 3ta turda atigi 1 ochko ishladi. Lekin quvontirgan holat ham yo‘q emas - Marko Roys safga qaytdi va endi JCH-2018da ishtirok etish imkoniyatiga ega.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:29, 23.05.2018.
O'qildi: 8111 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.