Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Beshiktosh» qo‘hna qit’aning eng tez o‘sayotgan klubi, MYU — eng qimmatbahosi

«Beshiktosh» qo‘hna qit’aning eng tez o‘sayotgan klubi, MYU — eng qimmatbahosi

Baho:
+ | -

Istanbulning «Beshiktosh» klubi Yevropaning eng yaxshi futbol klublari ichra eng katta o‘sishga erishgan klub bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, «Beshikton»ning 2018 yilning 1 yanvar holatidagi bahosi o‘tgan 1 yil ichida 52 foizga o‘sgan va 333 million yevroni tashkil etgan.

KPMG turk klubi qiymatining bu tarzda yuqorilashini yangi «Vodafone» stadionida o‘ynay boshlagani, klub 2016/17 yilga mavsumda Yevropa ligasining chorakfinaliga qadar yetib borgani bilan tushuntirmoqda.

«Biz har bir klubning aktivlarini hisoblab chiqamiz. Klubda aytaylik stadion, qimmatbaho o‘yinchilar, shuningdek qimmatbaho brend va reklama shartnomalari bo‘lsa, shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlarda nechog‘lik mashhurligi ham hisobga olinadi», — degan KPMG sport bo‘limi maslahatchisi Jak Bussuge kompaniyaning hisoblash uslubini tushuntirar ekan.

Bu vaqtda «Beshiktosh»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilari — Istanbulning «Galatasaroy» va «Fenerboxcha» klublari 13 va 9 foizga arzonlashgan. Sherlarning qiymati 330 million yevroga qadar pasaygan bo‘lsa, Sariq kanareykalarniki 319 million yevroni tashkil etmoqda.

Turk klublari Yevropaning 32 ta eng qimmat klublari reytingida 23-, 25- va 27-o‘rinlarni egallashgan.

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ushbu reytingni boshqarmoqda. Uning bahosi o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga oshgan va 3,2 milliard yevroni tashkil etmoqda. Ispaniya grandlari «Real» 2,9 milliard yevro va «Barselona» 2,8 milliard yevro bilan dastlabki uchlikni yakunlab berishgan.

Ko‘hna qit’aning 32 ta eng badavlat klubining umumiy qiymati 32,5 milliard yevroni tashkil etgan. Bu 2017 yildagiga nisbatan 9 foizga ko‘pdir.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 23:13, 24.05.2018.
O'qildi: 8655 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.