Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/10 18:30 Bunyodkor 1-2 Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor 1-3 Neftchi
23/10 19:00 Buxoro 0-0 Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest
24/10 16:30 Aston Villa - Manchester Siti
24/10 17:00 Rayo Valyekano - Elche
24/10 18:00 Kalyari - Bolonya
24/10 18:00 Komo - Sassuolo
24/10 18:00 Nasaf - So‘g‘diyona
24/10 19:00 Arsenal - Everton
24/10 19:00 Koventri Siti - Fulhem
24/10 19:15 Rasing - Espanyol
24/10 21:00 Napoli - Roma
24/10 21:30 Valensiya - Vilyarreal
24/10 21:30 Chelsi - Tottenhem
24/10 23:45 Lasio - Parma
25/10 00:00 Atletiko - Deportivo

O‘FA Angliya — Belgiya va Braziliya — Serbiya o‘yinlariga jami 12 ta chiptani Superliga klublariga beradi

O‘FA Angliya — Belgiya va Braziliya — Serbiya o‘yinlariga jami 12 ta chiptani Superliga klublariga beradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Pepsi Superliga klublari uchun JCH—2018 o‘yinlariga jami 12 ta chipta ajratdi.

FIFA hamda JCH—2018 mezboni Rossiya chiptalarini adolatli sotish mexanizmini ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra bu jarayon 4 ta bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. Shundan 3 ta bosqich savdolaori allaqachon yakuniga yetib ulgurgan. To‘rtinchi bosqichda esa faqatgina omadi chopgan muxlislargagina chiptalar nasib qilishi mumkin.

O‘FA Xalqaro futbol uyushmasiga maktub bilan chiqib, o‘zbekistonlik muxlislar uchun chipta ajratishni so‘radi. Bu borada talab katta bo‘lgani uchun, FIFA o‘zida bor bo‘lgan sanoqli chiptalarnigina sotishi mumkin edi.  

Angliya hamda Belgiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘yin muxlislarimizda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Boisi har ikki terma futbolchilari kuchli beshlikda to‘p suradi va ularning O‘zbekistonda millionlab muxlislari bor. FIFA mazkur uchrashuv uchun 10 dona chipta taqdim eta olishini ma’lum qildi. Uchrashuv 28 iyun kuni Kaliningrad shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yana 2 ta chipta esa Serbiya — Braziliya o‘yiniga bo‘ladi. Bu o‘yin 27 iyun kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Rejaga ko‘ra, Pepsi Superliganing 12 ta klubiga 1 tadan chipta beriladi. Klublar esa chiptani o‘zining eng faol muxlisiga taqdim etadi. Yoki bo‘lmasa, o‘sha chipta lotereya orqali o‘z egasini topadi. Buni klublarning o‘zi hal qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar mezbonlik qiladigan JCH—2022 da o‘ynash huquqini qo‘lga kiritsa, o‘zbekistonlik jurnalistlarga ham, futbol muxlislariga ham katta miqdorda kvotalar beriladi va bu borada muammolar yuzaga kelmaydi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:24, 25.05.2018.
O'qildi: 6322 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик