Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Qashqadaryo futbolini o‘ldirmang yoxud klublarning o‘zini o‘zi boqishi g‘irt cho‘pchak!

Qashqadaryo futbolini o‘ldirmang yoxud klublarning o‘zini o‘zi boqishi g‘irt cho‘pchak!

Baho:
+ | -

Aksiya o‘tkazdik, ovozimiz yetmadi, o‘zimizcha bilet olib jamoaga yordam bermoqchi bo‘ldik qurbimiz yetmadi... Endi esa umid va maqsadlar o‘rnini iltijo-yu duolar egalladi. Sababi Qashqadaryodek mamlakat iqtisodiyoti "lokomotivi" bo‘lgan viloyatga endi futbol kerak emas. Mehnatkash va soddadil qashqa vohasi xalqining yagona va sevimli ovunchi hisoblangan futbol "reonimasiya"da yotibdi. "Shifokorlar" esa kino ko‘rib o‘tirishibdi. O‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan va futbolimizga ko‘plab iste’dodli yigitlarni yetkazib berayotgan "Nasaf" bugun moliyaviy tang ahvolda. Sabablarni so‘radik, qiziqdik, birovdan ma’nili gap chiqmadi. Hamma klublarni davlat qaramog‘idan chiqarish va o‘zini o‘zi boqadigan "rejim"ga o‘tkazish haqida gapiradi. Qani bu yerda mantiq? Yaxshisi mantiqni siz bilan bir boshidan hisoblaymiz:

O‘zbekistonda qaysi klub o‘zini o‘zi boqadi? Davlat pul ajratmasa futbolimiz kimga kerak? Atributkalar savdosi va stadiondan tushgan pul bilan qaysi klubning kosasi oqarsin? Bu ham pul, ammo masala "Nasaf" haqida ketayotganda o‘ylab qolasan kishi, voha (sobiq) grandi biletdan tushgan pulga bugunni o‘ylasinmi yoki ertani? Jamoaga bersinmi yoki akademiyagami? "ana, atributkalarini sotsin, marketingi yugursin" deyishingiz mumkin. Lekin sizga savol: siz "Nasaf"ning yoki istalgan biror jamoaning atributkasini sotib olasizmi? Bir marta yuvganda cho‘zilib ketadigan arzon matoga oddiy bo‘yoq bilan logo tushirilgan futbolka kimga kerak? Yana narxiyam kamida 30 ming so‘m, Sal yaxshi va sifatlirog‘iga talaba bir oylik stependiyasidan kechishga majbur.

Stadionga bannerlar joylashtirish orqali pul ishlash haqidagi quruq gaplar ham chiqib qoldi. Bu Toshkent klublariga mos va xos, ammo viloyatlardagi tadbirkorlar banner uchun yiliga 10 milliondan ortiq bermaydi, bera olmaydi.

"Investorlar ertagi" esa Qashqadaryo uchun emas nazarimda, chunki bu zaminda investorlarga beradigan ortiqcha resurs va zavodlar yo‘q desa ham bo‘laveradi. Xo‘sh investor nima uchun pulini (Qashqa) daryoga oqizishi kerak? O‘zbekistonda ular uchun o‘zbek futboliga mablag‘ ajrata oladigan darajada katta bozor bormi? Yo‘q, sababi biz hali rivojlanayotgan yosh davlatmiz. Mayli juda chuqurlashib ketmasdan futbolga qaytamiz.

"Nasaf"ni shu vaqtgacha moliyalashtirgan SHGKM ("Sho‘rtan Gaz Kimyo majmuasi") esa... Ha mayli...

Xullas, o‘zbek futbolida bizga non qolmadi. KLUBNI YOPING! Biz ham siqilmaylik, Qashqadaryo futboli esa o‘zbek futboliga o‘gay o‘g‘ildek bo‘lib qoldi. Lekin mevaga kirgan daraxtni shunchaki, kesishning ham uvoli bor...

QASHQADARYOLIK millionlab futbol muxlislari

Manba: voha.uz
Kiritildi: 09:54, 30.05.2018.
O'qildi: 6635 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.