Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Fazliddin G‘oibnazarov: «Olimpiya o‘yinlarining ikki karra chempioni bo‘lishni istardim»

Fazliddin G‘oibnazarov: «Olimpiya o‘yinlarining ikki karra chempioni bo‘lishni istardim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Fazliddin G‘oibnazarovning havaskor boksda hali qiladigan ishlari bor. To‘g‘ri, u Olimpiada chempioni! Ammo, hozircha O‘zbekistonda ikki karra Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritgan bokschi yo‘q. Harakat qilsa arziydigan maqsad, shunday emasmi? Asosiysi, huddi ikki yil oldingidek unga yana ishonch bildirilishi lozim. E’tiboringizga bokschi bilan uyushtirilgan suhbatni taqdim etamiz.

Professional boksdagi faoliyat haqida

Professional boksdagi faoliyatim muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha to‘rtta jang o‘tkazib, ikkitasida nokaut evaziga g‘alaba qozondim. Navbatdagi jangim 14 iyul kuniga rejalashtirilmoqda. Raqibim hozircha noma’lum. Yaqin orada aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi. Professional boksdagi qiyinchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsam, vazn borasida biroz qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Havaskor boksda -64kg vazn toifasida jang o‘tkazardim. Hozir esa 61,2 kg (135 funt) vaznli bokschiman. Umuman olganda ko‘nikish qiyin bo‘lgani yo‘q. Ahir prof ringga karate orqali kirib borganim yo‘q-ku.

Havaskor boksda hali o‘z so‘zimni aytganim yo‘q

Olimpiada chempioni bo‘lganimga qaramay, havaskor boksda hali erishishim lozim bo‘lgan yutuqlar bor. Ahir O‘zbekistonda hali boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni yo‘q. Nima uchun men bu borada birinchi bo‘la olmasligim kerak? Agar Milliy olimpiya qo‘mitasi, murabbiylar shtabi tomonidan shunday taklif bo‘lsa faxr va iftixor bilan Olimpiya o‘yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman. Asosiysi menga ishonishlari lozim. Men doimo tayyorman. Riodagi Olimpiada oldidan tarkibda mendan ham kuchli bokschilar bor edi. Ammo, murabbiylar shtabi menga ishonch bildirdi. Orada mag‘lubiyatlarga ham uchradim. Olimpiada finalidagi raqibim Lorenso Sotomayorga 2015 yili Ozarbayjondagi musobaqada yutqazganman. Aslida o‘shanda mag‘lub bo‘lmagandim, murabbiylar buni ko‘rishgan. Hakamlar xatosi tufayli u g‘alaba qozongan. Keyin esa Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan qo‘shma yig‘in o‘tkazganmiz. O‘shanda Sotomayorga qarshi sparring jangda g‘alaba qozonganman. Buni barcha ko‘rgan. Rio Olimpiadasida uning finalga yetib borishi men uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Hal qiluvchi jangda umuman boshqa bokschini kutgandim. Chunki, -64kg vazn toifasida kuchli bokschilar yetarli edi. O‘shanda o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlay olgandim. Bu safar taklif qilishsa yana ishtirok etaman. Lozim bo‘lsa ichki musobaqalarda qatnashib, yaxshi formada ekanligimni isbotlayman.

Rioda professional bokschilar medal qo‘lga kirita olishmagan

Riodagi Olimpiya o‘yinlarida professional bokschilar ham ishtirok etishgan. Ammo, ularning xech biri medal qo‘lga kirita olmagan. Chunki, professional boksda siz asosiy e’tiborni bitta jangga qaratasiz. Jangdan so‘ng sizda oylab tanaffus bo‘ladi. Havaskor boksda esa bunday emas. Bugun jang o‘tkazdingizmi? Ertaga yoki bir kun o‘tib navbatdagi bahsda ringga chiqasiz. Bunday vaziyatda bo‘shashmaslik lozim. Bu professional bokschi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi degani emas. Bo‘lishi mumkin. Shunaki, Olimpiadadan kamida 9 oy oldin professional bokschi havaskorlar bilan birga mashg‘ulotlar olib borishi, ularning uslubiga qayta ko‘nikishi lozim bo‘ladi.

Islohotlar haqida

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar yoshlar uchun ayni muddao. Bu sport rivoji yo‘lida katta ahamiyatga ega. Bolalar bizning kelajagimiz. Ular orasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish zarar qilmaydi. Bir necha kun oldin Qoraqalpog‘istonda katta sport festivali o‘tkazildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov doimiy izlanishda, turli tabdirlarda ishtirok etadi, bolalarga e’tibor qaratadi, eng yaxshilarni taqdirlaydi, sport inshootlariga tashrif buyuradi. Bu keng ko‘lamdagi ishlar yoshlar orasida sportga qiziqishni yanada oshiradi. Yoshlarimiz yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini olib borishlarini istardim.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 05:56, 06.06.2018.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.