Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionatlari bilan bog‘liq qiziq faktlar (2-qism)

Jahon chempionatlari bilan bog‘liq qiziq faktlar (2-qism)

Baho:
+ | -
Jahon chempionatlari tarixida bir o‘yinda eng ko‘p gol 1954 yili Avstriya – Shveysariya o‘yinida kiritilgan. O‘yin 7:5 hisobida avstriyaliklar g‘alabasi bilan tugagan. Jahon chempionati final bosqichida qatnashgan ilk Osiyo jamoasi Hindistondir (1938) Konkakaf jamoalari ichida eng yaxshi natija AQSH ga tegishli. Amerikaliklar 1930 yilda yarim finalgacha borishgan. Meksika terma jamoasi esa ikki marta va o‘tgan jahon chempionatida Kosta Rika terma jamoalari chorak final ishtirokchisi bo‘lgan. Osiyo terma jamoalari ichida Janubiy Koreya eng yaxshi natijani qayd etgan Koreyslar o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tgan turnirda yarim finalgacha yetib borishgan. Afrikaning uch jamoasi (Kamerun 1990, Senegal 2002, Gana 2010) chorak finalgacha yetib borishgan. Kamerun va Senegal raqiblarga qo‘shimcha vaqtda boy bergan bo‘lishsa, Gana Urugvayga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan. Yevropa jamoalari 11 marotaba jahon chempioni bo‘lishgan, Lotin Amerikasi vakillarida bunday g‘alabalar soni 9 ta. Germaniya terma jamoasi eng ko‘p final o‘yinida qatnashgan – 8 marta. Italiya terma jamoasi ham Germaniya (3), ham Braziliya (2) ni bir martadan ortiq mag‘lubiyatga uchratgan yagona jamoa sanaladi.  1934 yilgi chempionatning o‘ziga xosligi shundaki, unda joriy chempion, ya’ni avvalgi turnir g‘olibi qatnashmagan. 2014 yilda Ispaniya, 2010 yilda Italiya, 2002 yilda Fransiya terma jamoasi turnirga joriy chempion sifatida kelib, guruh bosqichidan tark etishgan. Bunaqa holat boshqa mundiallarda ro‘y bermagan.   Niderlandiya terma jamoasi uch marotaba JCH finalida o‘ynab, biror marta ham g‘alaba qozona olmagan. Shuningdek, Vengriya va Chexoslavakiya terma jamoalari 2 martadan final o‘yinini boy berishgan. Finalda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoa Germaniyadir – 4 ta. Ikki marotaba JCH g‘olibi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlangan. Har ikki safar ham jamoalardan biri Italiya bo‘lgan. 1994 yilda ular Braziliyaga imkoniyatni boy berishgan bo‘lishsa, 2006 yili Fransiyadan ustun kelishgan. So‘nggi uch jahon chempionati finalida g‘olibni aniqlash uchun asosiy vaqt yetmayapti. Germaniya va Ispaniya terma jamoalari hal qiluvchi golni qo‘shimcha taymlarda kiritishgan. 2010 yilda birinchi marotaba jahon chempionati mezboni guruhdan chiqa olmagan. Angliya jahon chempioni bo‘lgan lekin o‘z qit’asida chempion bo‘la olmagan yagona terma jamoadir. Oleg Solenko (Rossiya) JCH–94 guruh bosqichida Kamerun terma jamoasi darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan. Bu bir o‘yinda bir futbolchi tomonidan kiritilgan eng ko‘p gol hisoblanadi. Futbol qiroli Pele eng ko‘p – 3 marotaba jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan. Eng ko‘p oltin medal esa braziliyalik boshqa bir shaxs Mario Zagaloning uyida mavjud – 4 ta. U futbolchi sifatida 1958, 1962 yillarda, bosh murabbiy sifatida 1970 yilda va yordamchi murabbiy sifatida 1994 yilda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Ukrainalik darvozabon Aleksandr Shovkovskiy penaltilar seriyasida birorta ham gol o‘tkazmagan yagona darvozabondir. JCH-2006 1/8 finalida Ukraina Shveysariyani penaltilar seriyasida 3:0 hisobida mag‘lub etgan.  Davomi>>>  
Kiritildi: 20:02, 09.06.2018.
O'qildi: 5336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.