Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

JCH-2018: Rossiyaliklar uylarini ijaraga berib, o‘zlari dam olishga otlanmoqda

Baho:
+ | -

Rossiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanishi kutilmoqda.
 
Hozirning o‘zida shaharlardagi mehmonxonalar mundialni jonli tomosha qilish uchun kelgan muxlislar tomonidan to‘lib bo‘ldi. Shu bois, fursatni qo‘ldan boy bermagan ayrim rossiyaliklar uyini ijaraga berib, o‘zlari sayohatga otlanishni rejalashtirib turibdi.
 
Ayniqsa, bu holat millionlar o‘yiniga xushi yo‘q hamda uy-joylari jahon chempionati bahslari o‘tkaziladigan stadionlarga yaqin rus oilalari orasida ko‘p kuzatilmoqda.
 
Ular bir kunlik ijara haqini uy sharoitidan kelib chiqib, 600 dollardan 1000 dollargacha baholagan. Mehmonxonaga joylasha olmagan chet ellik futbol ishqibozlari uchun bu ayni muddao bo‘lmoqda.
 
Kelishilgan pulning yarmini oldindan olgan mezbonlar esa, maza qilib hordiq chiqarish uchun Turkiya, Kipr yoki bo‘lmasa bahavo maskanlarga yo‘l olmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mingdan ortiq rus xonadonlari uylarini ijaraga berib bo‘lishgan.
 
Ma’lumot o‘rnida, JCH-2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donu shaharlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 01:15, 13.06.2018.
O'qildi: 5806 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик