Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Fazliddin G‘oibnazarov: «Raqibning statistikasi meni qo‘rqitayotgani yo‘q»

Fazliddin G‘oibnazarov: «Raqibning statistikasi meni qo‘rqitayotgani yo‘q»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Olimpiya o‘yinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQSHda o‘tkazadi. «Lakefront» arenasi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Fazliddin hozirgacha professional boksda 4ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Raqib ham o‘tkazgan barcha jangini o‘z foydasiga hal qila olgan. (5ta jang, 4tasi nokaut).

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bokschi bilan bog‘lanib, uning jangga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

«Jangga Kaliforniyada tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Murabbiyim Abror Tursunpo‘latov bilan ishlayapman. Oldinda bir oylik mashg‘ulotlar kutib turibdi. Sparring janglarni boshlaganmiz. Mashg‘ulot janglari meksikalik va amerikalik bokschilarga qarshi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, qozog‘istonlik raqib ham mashg‘ulotlarda men bilan birga ishlaydi. Mashg‘ulotlardagi raqiblarimning barchasi baland bo‘yli va asosan o‘ng qo‘lda jang qiladi. Kevin Jonsonning bundan oldingi janglarini o‘rganib chiqayapmiz. Uning nozik tomonlarini topishga ham ulgurdik. Tayyorgarlik jarayonida bu tomonlar ham inobatga olinadi.

Raqibning ko‘rsatkichi meni qo‘rqitayotgani yo‘q. Agar boksda qo‘rquv sezadigan bo‘lsang faoliyatingni yakunlab qo‘yganing yaxshiroq. Ringga o‘z kuchingga yuqori ishonch bilan chiqish lozim. Men doimo shu tarzda jangga chiqaman. Ortimda butun mamlakat turganini, meni qo‘llab-quvvatlayotganini bilaman. Bu menga yanada ko‘proq kuch bag‘ishlaydi», – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu jangda bokschimizga omad tilaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:19, 16.06.2018.
O'qildi: 7202 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.